топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlik g’oyalarini keng targ’ib qilish.

TATU Urganch Filiali
Илм-фан
Muhammad  al-Xorazmiy nomidagi  Toshkent axborot texnologiyalari  universiteti  Urganch  filialida  2018 yil  5-noyabr  kuni  professor –o’qituvchilari  va  talabalar ishtirokida  “Diniy  bag’rikenglik   va   millatlararo   totuvlik   g’oyalarini  keng targ’ib qilish” mavzusida ma’naviy- ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirda O’zbekiston musulmonlar idorasi  Xorazm viloyat  vakili   Xayrulla  Abdullayev   ishtirok qildi. Bugungi kunda  butun  dunyo hamjamyatini  qattiq xavotirga  solayotgan  din niqobi  ostidagi  ekstremizm, missionerlik  harakatini  kundan-kunga  tarqala borib,  xalqlar o’rtasidagi  totuvlik,  diniy  bagrikenglik  tamoyillariga  tahdid solayotganligi  davlat va jamiyat uchun katta xavf tug’dirmoqda.   Diniy  bag’rikenglik   goyasi  turli  dinga  mansub  fuqoralarning bir  Vatanda ,  oliyjanob  g’oya  va  niyatlar  yo’lida  hamkor  va  hamjihat  bo’lib  yashashini  anglatadi. Dinlarning  barchasi  ezgulik  g’oyalariga   asoslanadi  va  yaxshilik ,  tinchlik,  kabi  xususiyatlarga  tayanadi. Odamlarni  halollik  va  poklik, mehr-shafqat, birodarlik  va  bag’rikenglikka  da’vat  etadi.
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.