топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Bayramingiz muborak bo'lsin, mo'tabar ustozlar!

TATU Urganch Filiali
Илм-фан
Ustoz — yer yuzidagi eng qadimiy kasblardan biri hisoblanadi. Qadimgi Gretsiyada, Misrda va Rimda ham, aql-zakovatli, bilimli insonlar, ustoz degan ulug’ nomga sazovor bo’lib, hurmat e’tibor, yuksak ehtirom sohibiga aylanganlar. Muallimning shogirdi bo'lish, dunyodagi sirlarni anglash sharafli hisoblangan. Tarixdan bunga yaqqol misol qilib Iskandar Zulqarnayn va uning buyuk muallimi Aflotunni keltirish mumkin. Kim biladi, Iskandar ustozining saboqlarini olmasa, buyuk sarkarda va podshoh bo’la olmas edi.Ko'pchilik ,o'qituvchining kasbi ilohiy deyishadi. Hatto ustozlikni kasb emas – ilohiy qobiliyat deya ta’kidlashadi va bu bejizga emas. Vaholanki, cheksiz sabr-toqat, qat'iyat va muloyimlik, ishonch va bilim egasi bo’lish hammaga ham nasib qilavermaydi. Shu o’rinda, bu  buyuk zotlarni ulug’lagan insonlar ham yuksalib boraveradilar.

Filialda 1-Oktyabr “O’qituvchi va murabbiylar”kuni munosabati bilan barcha professor — o’qituvchilarni tabriklash   maqsadida bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirni filial direktori U.A.Xaitmetov ochib berdilar va o’zining yuksak salohiyati bilan ko’p yillardan buyon talabalarga yuqori  saviyada bilim berib kelayotgan professor –o’qituvchilarni  maqtov yorlig’i va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar. Bayram tadbiri ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.