топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Xayr, maktab – salom, kollej!

Maqolalar
Илм-фан
9-sinf bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga kuzatish hamda o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish yuzasidan tavsiya

Toki yuragingizda o‘t, bilagingizda kuch-qudrat bor ekan, O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnini egallab borayotgan bugungi kunda “Biz kimmiz, kimlarning avlodimiz?” degan da’vatga hamisha munosib bo‘ling.

Islom Karimov

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Yosh avlodni salohiyatli kadrlar etib tarbiyalashdagi birinchi bosqich – maktab ta’limini tubdan takomillashtirish, ilmiy kadrlar va malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonining uzluksizligini ta’minlash zarur. Bu yo‘lda hech narsani ayamaymiz”, degan edi. Zero, bu so‘zlarning zamirida yosh avlodning baxtli kelajagi yotadi. O‘quvchi-yoshlar zimmasiga ham mustaqil hayotda o‘z o‘rnini topishi, yurtimiz kelajagi uchun o‘z hissasini qo‘shish kabi mas’uliyat yuklanadi.

O‘quvchi-yoshlarga mustaqil hayotga yo‘llanma berish hamda o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan “Xayr, maktab – salom, kollej!” tadbirlari 25-may kuni respublikamizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkaziladi. Mazkur tadbir nafaqat o‘quvchilar balki o‘qituvchilar, ota-onalar uchun ham esda qolarli, hayajonli damlar hisoblanadi.

Tadbirga “Kamolot” YIH, “Kamalak” tashkiloti, ota-onalar qo‘mitasi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari vakillari, tuman(shahar) XTMFMTTEB, mahalliy hokimliklar vakillari hamda mahalla faollari, sobiq o‘quvchilar, maktab homiylarini taklif etish maqsadga muvofiq.

Tadbir mohiyatini yurtimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmunini targ‘ib etishga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlashga va o‘quvchi-yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishga yo‘naltirish maqsadga muvofiqdir.

Dasturni ishlab chiqish. Boshlan¬g‘ich sinf o‘quvchilari ham ishtirok etishini inobatga olib, dasturni 30-35 daqiqaga mo‘ljallash lozim.

Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligining buyrug‘i bilan tasdiqlangan vazifalarga asoslanish, taklif etilgan mehmonlar, ota-onalar uchun qulay joy tanlash, sanitariya-gigiyena, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish zarur.

Hududni bezatish. Tadbir o‘tkazila¬digan joyni gul va sharlar bilan bezatish, maktab hududiga quyidagi shior va chaqiriqlarni ilib qo‘yish tadbir ta’sirchanligini oshiradi:

 “Yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan yoshlarni tarbiyalash, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini yuksaltirish, farzandlarimizning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirishdan iborat”;

Hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o‘z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan masala bo‘lib qolmoqda”;

 “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”.

Shavkat Mirziyoyev

 “Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart!”;

 “Marrani doimo baland olib yashang, ertangi kun bizniki, sizdek shijoatli yoshlarimizniki!”;

 “Jondan aziz Vatanimizning taqdiri, kelajagimiz bugun unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodga, uning jismoniy va ma’naviy kamolotiga bog‘liq”;

 “Bizning eng katta ishonchimiz, madad-tayanchimiz — bu o‘sib kelayotgan yosh avlodimizdir”.

Islom Karimov
Yil davomida fan to‘garaklarida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan buyumlar, tikilgan va to‘qilgan qo‘l mehnati namunalari, devoriy gazeta, tuman¬(shahar), viloyat hamda respublika miqyosidagi ko‘rik-tanlov, fan va sport musobaqalarida maktab jamoasi, o‘quv¬chilar egallagan sovrinlar, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishga doir ko‘rgazma tashkil etish mumkin.

Tadbirning ochilish qismi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida davlatimiz bayrog‘i ko‘tariladi. Ishtirokchilar madhiyamizni jo‘rovoz bo‘lib ijro etishadi. Boshlovchilarning tabrigi va tilaklaridan ke¬yin maktab rahbari muassasaning o‘quv yili davomida erishgan yutuqlari, reyting ko‘rsatkichlari, 9-sinf bitiruvchilarining yutuqlari, kelgusidagi ustuvor rejalar haqida gapiradi.

O‘quvchilarni rag‘batlantirish. Yil davomida a’lo baholarga o‘qigan, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan iqtidorli o‘quvchilarni taqdirlash tadbir saviyasini oshiradi. Xususan, “Olimpiada g‘olibi”, “Bilimlar bellashuvi bilimdoni”, “Eng faol o‘quvchi”, “Eng a’lochi o‘quvchi”, “Eng faol sinf”, “Ijodkor o‘quvchi”, “Ingliz tili bilimdoni”, “Maktabimiz faxri”, “Sport ustasi”, “Eng orasta qiz” kabi nominatsiyalarni ta’sis etib, g‘oliblarni byudjetdan tashqari ishlab topilgan va homiylik mablag‘lari hisobidan yanada puxta bilim egallashga, sport bilan shug‘ullanishga, kasb-hunar egallashga undaydigan sovg‘a, sinfdan tashqari to‘garaklarda tayyorlangan nishonlar bilan taqdirlash mumkin. Kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan bolalarga alohida e’tibor ko‘rsatish tavsiya etiladi.

Ota-onalarga tashakkurnoma bildirish. Maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onasini ma’naviy rag‘batlantirish ta’lim-tarbiya sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona”, “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi”, “Namunali ona”, “Jonkuyar bobo”, “Mehribon buvi”, “Tashabbuskor buvi” kabi nominatsiyalar hamda Xalq ta’limi vazirligi, hududiy xalq ta’limi boshqarmalari, tuman(shahar) XTMFMTTEB va maktab direktorlari nomidan tashakkurnoma bildiriladi. Ushbu sharafga munosib ota-onalar ro‘yxati sinf rahbarlari va direktor o‘rinbosarlari tavsiyasi asosida shakllantiriladi.

9-sinf bitiruvchilarini qutlash. Maktab pedagogik kengashi, ota-onalar qo‘mitasi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining bitiruvchi o‘quvchilarga tabrigi o‘qib eshittiriladi. Tabrik matnida yurtimiz, ustoz-murabbiylar va ota-onalarning yoshlardan umidi katta ekanini ifodalovchi, ularni yuksak marralarga undovchi so‘zlar aks etishi maqsadga muvofiqdir.

Jumladan, maktab pedagog xodimlari, sinf rahbarlari o‘z nutqida

9-sinf bitiruvchilari, ayniqsa, qizlarning ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olinishiga hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilayotgani, ular o‘zi tanlagan kasb-hunarlar bo‘yicha akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida chuqur bilim egallab, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida jonajon maktabi sha’nini ko‘tarish va ustozlari o‘gitini hayotga tatbiq etish kabi ezgu niyatlarni amalga oshirishi lozimligi uqtiriladi.

O‘quvchilarga davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlan¬tirishning beshta ustuvor yo‘nalishidan biri mamlakatimizda ijtimoiy sohani rivojlan¬tirishga qaratilganligi, mazkur yo‘nalish ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish kabi muhim vazifalarni o‘z ichiga olganligi, mehnat bozoriga zamonaviy ehtiyojga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash kabi keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilganligi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beriladi.

Shuningdek, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va ahillikni yanada mustahkamlash, yoshlarimizning ongi va qalbini zararli oqim va ta’sirlardan saqlash, oilalarda, mahalla¬larda olib borayotgan tarbiyaviy ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni bugun tobora keskinlashib, murakkablashib borayotgan hayotning o‘zi barchamizdan talab etayotganligi haqida ta’kidlab o‘tish lozim. Shu bilan birga sinf rahbarlari bitiruvchilarni ta’limning keyingi bosqichida ham doimo qo‘llab-quvvatlab, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagog xodimlari bilan hamkorlikda ish olib borishga tayyor ekanini ta’kidlashadi.

Shundan so‘ng faol o‘quvchilar so‘z olib, o‘zlariga bildirilayotgan yuksak ishonch¬ni oqlash maqsadida kelgusida qaysi kasb-hunarlarni egallab, davlatimiz va jamiyatimiz taraqqiyotiga qanday hissa qo‘shmoqchiligi to‘g‘risida gapiradi.

Tantanali qism va 9-sinf bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga yo‘llash.

Tadbirning badiiy qismida maktabning drama, musiqa, xor, vokal va boshqa to‘garak a’zolari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining chiqishlari tadbirga o‘ziga xos ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi. Shundan so‘ng, maktab rahbari 9-sinf bitiruvchilariga yakuniy davlat attestatsiyalarini muvaffaqiyatli topshirishda omadlar tilab, rasmiy tadbirni yakunlaydi.

9-sinf bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarga to‘liq qamrab olish maqsadida hududlardagi mavjud iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarda talab yuqori bo‘lgan kasb va mutaxassisliklar to‘g‘risida bitiruvchilarga to‘liq ma’lumot berish, ularning o‘zlari tanlagan kollej va akademik litseylarga ota-onasi va o‘qituvchilari hamrohligida tashrif buyurib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishuvini tashkil etish tavsiya etiladi.

Tadbirlarni o‘tkazish jarayonida o‘quvchi va bitiruvchilardan pul mablag‘lari yig‘ish, maktab rahbarlari hamda o‘qituvchilarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, xonadon, restoran va qahvaxonalarda tantanali kechalar o‘tkazish qat’iyan taqiqlanadi. Bu borada barcha javobgarlik shaxsan maktab rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.

Respublika ta’lim markazi

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.