топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Yoshlar bilan uchrashuv

TATU Qarshi filiali
Илм-фан
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi bilan kelishilgan “Oliy ta’lim tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi”ning 2-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 7 sentabr kuni Qarshi davlat universiteti faollar zalida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.SH.Begimqulov bilan Qashqadaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlari, magistrlari, ilmiy tadqiqotchilari hamda doktorantlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari U.SH.Begimqulov ma’ruza qilib, bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan hamda amalga oshirilayotgan ishlar, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati va yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida gapirib o‘tdi. Vazir o‘rinbosari U.SH.Begimqulov hukumatimiz tomonidan oliy ta’limni isloh qilishga qaratilgan qaror va chora-tadbirlarning ahamiyati, bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini oshirish va uni zamonaviy bosqichga olib chiqish maqsadida dunyoning rivojlangan 32 davlatining nufuzli 312 ta oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorliklar o‘rnatilgani haqida so‘zladi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda  O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari faolligini oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash,  ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirilib, muhim qarorlar qabul qilindi.
 
Uchrashuvda Qarshi davlat universiteti rektori B.A.Shoimqulov, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti rektori N.Maxmudov, TATU Qarshi filiali direktori F.Raxmatov, prorektorlar, ilmiy-tadqiqotchilar, doktorantlar, magistr va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.