топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Yurtimiz posponlariga

Toshkent islom universiteti
Илм-фан

     14-yanvar – mustaqil O'zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil topgan kun. 1992-yilning 14-yanvarida mamlakat parlamenti respublika hududidagi barcha harbiy o'quv yurtlari, tuzulmalar, qismlar va birlashmalarni O'zbekiston Respublikasi yurisdiktsiyasiga o'tkazish to'g'risida qaror qabul qilgan. Yurtimizda Qurolli Kuchlarni har jihatdan zamonaviylashtirish, yaxshi qurollashtirish, zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash shuningdek, ularni kompleks modernizatsiyalashtirishga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Bugungi kunda O’zbekiston Qurolli Kuchlari diyorimizda tinch va osoyishta hayotning garovidir. Ularga qaratilayotgan yuksak e’tibor isboti Respublikamiz Prezidenti va Qurolli Kuchlar bosh qo’mondoni I.Karimovning quyidagi so’zlarida namoyon bo’lgan: “Shuni alohida ta’kidlash kerak-ki, armiyaning qudrati faqatgina uning jangovar tayyorgarligi, harakatchanligi, eng yangi qurol-yarog‘lar bilan ta’minlangani bilan emas, balki Qurolli Kuchlarimiz saflari professional tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxsiy tarkib bilan qay darajada to‘ldirilgani, ofitser, serjant va askarlarning ma’naviy, axloqiy-ruhiy fazilatlari, ularning faol hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodi, ona Vatan taqdiri uchun mas’uliyat hissining naqadar yuksak ekani bilan belgilanadi”.



     Shu o’rinda aytib o’tish joiz-ki, 14-yanvar butun xalqimiz orasida katta tantanalar va tadbirlar bilan nishonlanadi. XususanQurolli Kuchlarning tashkil topganining 23 yillik munisabati bilan Toshkent islom universitetida 10-yanvar kuni o’tkazilgan va barchaga ko’tarinki kayfiyat ulashgan bayram ko’p yillik an’anani davom ettirdi desak xato bo’lmaydi. Muddatli harbiy xizmat o‘tab kelgan universitet talabalari u yerdan olgan bilimlari va ko‘nikmalari bilan turli chiqishlar qilib berdilar. Ularning jo’shqin va jangovar harakatlari olqishlarga sazovor.



     Fursatdan foydalanib, Toshkent islom universiteti talabalari nomidan barcha yurtdoshlarimizni, shuningdek buyuk ona yerimiz posponlarini chin dildan tabriklagan holda, Vatanimizni himoya qilishdek olijanob burchini munosib ado etayotgan barcha insonlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz.


Bayramingiz muborak bo’lsin!



 


Toshkentislom universiteti talabasi


Yo’ldosheva E’zozaxon

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.