топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“Milliy Armiyamiz – mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir”

Toshkent islom universiteti
Илм-фан

     Aziz yurtdoshlar bunday  qutlug‘ ayyom kunda Vatanimiz Qurolli Kuchlari safida jasorat va matonat ko‘rsatib xizmat qilayotgan, kerak bo‘lsa o‘zini hayotini ham bag‘ishlab Vatan himoyasi yo‘lidagi sharafli burchini ado etayotgan barcha harbiy xizmatchilarni bugungi bayram bilan muborakbod etamiz.


Vatan himoyachilari kunini bayram qilish bugungi hayotimizdagi eng sharafli voqealardan biriga aylanib qoldi. Bu bayramning mavqei, ma’no-mohiyati ulug‘ va yuqori bo‘lib, ayni chog‘da butun xalqimizga, ota-onalarga, opa-singillarga, o‘sib kelayotgan navqiron avlodlarimiz-farzandlarimizga ham birday taalluqlidir. Demakki, Vatan himoyachilari kuni chin ma’noda umumxalq bayramidir.


     


9-yanvar kuni Toshkent islom universiteti Talabalar turar joyida  14-yanvar Vatan himoyachilari kuni ham Qurolli Kuchlarimizning 23 yilligi munosabati bilan “Milliy Armiyamiz – mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir” mavzusida Toshkent Oliy Umumqo’shin Qo’mondonlik bilim yurti podpolkovnigi M.To’rayev va kursantlar ishtirokida talabalar bilan davra suhbati bo’lib o’tdi.


Toshkent Oliy Umumqo’shin Qo’mondonlik bilim yurti ofitseri, podpolkovnik M.To’rayev talaba yigitlarni kelayotgan bayram bilan tabriklab, Toshkent Oliy Umumqo’shin Qo’mondonlik bilim yurti, u yerdagi ta’lim tizimi, kursantlarga yaratib berilgan sharoitlar, harbiylar hayoti, bilim yurtining turli davlatlar bilan o’zaro hamkorlik a’loqalari haqida gapirib o’tdi. “Bugungi kunda bizning asosiy maqsadimiz mard, jasur, har tamonlama mukammal bo’lgan, bilimli ofitser kadrlarni tarbiyalab berishdir. Zero, muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Milliy armiyamiz – mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir”. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, biz harbiylarg, jumladan siz yigitlarga juda katta ishonch demakdir, o’z navbatida bu ishonch katta mas`uliyatni yuklaydi. Mehmonlar Toshkent islom universiteti, uning ta’lim tizimi bilan tanishdi va shunday xulosaga kelishdiki, bu yerda chinakam mard, jasur, kerak bo’lsa Vatani uchun jonini berishga tayyor o’g’lonlar tarbiyalanmoqda.


O’ylaymizki, Toshkent Oliy Umumqo’shin Qo’mondonlik bilim yurti va Toshkent islom universiteti o’zaro hamkorlikda ham ma’naviy, ham jismoniy, ham ruhiy tomondan mukammal kadrlarni yetishtirib beradi. Mustaqillik yillarida zamonaviy, ixcham, mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, sarhadlarimizni ishonchli himoya qilish hamda daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir yaxshi qurollangan milliy armiyamizni tashkil etishga qaratilgan ulkan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi deya ta’kidladi podpolkovnik M.To’rayev. Suhbat so’ngida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar va tegishlicha javob oldilar.


 


 


Sarvar Qahhorov

1 изоҳ

avatar
yigitlani bayram bilan tabrikliman
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.