топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Temiryo’lchi Doston – "Eng yaxshi video rolik"da birinchi

номли блог ttymi-man

5 — iyun – Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan G‘ofur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston ekologik harakati faollari, parlament a’zolari, diplomatik korpus vakillari, ota-onalar va talaba — yoshlar ishtirok etdi.
Bayram tadbirida ko’plab tanlovlar ham o’tkazildi. Jumladan, iqlim o‘zgarishlari natijasida yuz berayotgan tabiiy ofatlarning oldini olish, salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida Ekoharakat vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda oliy o‘quv yurtlari talabalari hamdamagistrlari o‘rtasida “Global iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha eng yaxshi g‘oya” tanlovida institutimiz talabasi Doston Saidov ilmiy rahbari t.f.d.,dotsent DilnozaJumayeva bilan birgalikda tayyorlagan “Global iqlim o'zgarishida chiqindilar ta'siri” nomli videoroligi bilan qatnashdi.
Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko’ra talabamiz ishi «Eng yaxshi video rolik» nominatsiyasida faxrli 1-o'rinni egalladi.
Taqdirlash marosimida O'zbekiston Ekologik harakati Markaziy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisi B. Alixonov tomonidan 1 — o'rinniegallagani uchun “Elektromexanika”fakulteti 3 — bosqich talabasi Doston Saidov diplomva esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
youtu.be/g18NWfY77xo
Global iqlim o'zgarishida chiqindilar ta'siri(ToshTYMI_YMSpetPersi)

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.