топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Orol va Mo’ynoq tag’diri: dengiz chekinyapti, lekin inson chekinmaydi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali
Илм-фан
11-yanvar, 2019-yil. Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi “Orol va Mo’ynoq tag’diri: dengiz chekinyapti, lekin inson chekinmaydi” mavzusida Nukus shahridan 400 km olisda Orolning qurigan hududida tashkil qilingan edi.
 
Mazkur press-klubda “Mo’ynoq – 2019” hayriya jamg’armasi tashkil qilinganligi va bugungi kunga qadar 6 milliard so’mdan ortiq mablag’ kelib tushganligi aytildi.
 
Bugun Respublikamizda olib borilayotgan siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy o’zgarishlarning mazmun-mohiyatni professor-o’qituvchilar, talaba-yoshlar orasida keng targ’ib qilish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida “Buyuk tashabbus-buyuk kelajak” nomli o’quv-seminar tashkil qilindi.
 
– “Bugungi seminar-treningda Prezidentimizning Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar ayniqsa, Orol mintaqasida istiqomat qiluvchi aholining yashash shar oitini yaqshilash maqsadiga oid olib borilayotgan islohotlarning ahamiyati tushuntirildi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, bugungi kunda qumli sahroga aylangan 500 ming gektar hududlarida saksavul ekish ishlari, kuni-tun olib borilmoqda.
 
Bugun dunyo ahli o’z hissasini qo’shayotgan bir paytda biz Orol hududida istiqomat qilayotgan yoshlar befarq bo’lmasdan o’z innovatsion g’oyalarning bilan o’z hissamizni qoshishimiz lozim“, – deydi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali talabasi Nodirbek Ayitbaev.
 
Seminar-trening davomida talaba yoshlarga mavzuga oid hujjatli-film namoyish etildi.
 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali “Reportyorlar” klubi a’zosi, Benazir Reyimbergenova.
 
Salamat AVEZOV,
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali “Òquv yordamchisi bòlimi”ning kabinet mudiri, ÒzLiDeP àzosi.
 
Veb-sayt: TATU Nukus filiali
Facebook: TATU Nukus filiali
Facebook: TATU NF – Òzbekiston yoshlar ittifoqi BT
Telegram: TATU NF – Yangiliklar, e'lonlar va ogohlantirish kanali @titunf
Telegram: TATU NF – Òzbekiston yoshlar ittifoqi BT kanali @titunfjaslarawqami
Fikr.uz: Maxsus – TATU Nukus filiali blogi
Davra.uz Ijtimoiy tarmoģi

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.