топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“Men tanlagan oliygoh!” videoroliklar tanlovi g’oliblari taqdirlandi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali
Илм-фан
Joriy yilning 10-sentabr kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida “Men tanlagan oliygoh!” videoroliklar tanlovi e'lon qilingan edi.

10 kun davomida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Facebook va Telegram ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi orqali mazkur videoroliklarga o'zlarining xolis baholarini berishdi.

G’oliblar  to’plangan ovozlar soniga qarab aniqlandi.  Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan “Taʼlim va mutaxassislik” XIX Xalqaro koʻrgazmasining ochilish marosimida eng sara videoroliklar mualliflari  munosib taqdirlanishdi. Tanlov uch xil yo'nalishda tashkil etildi. «Madaniyat, sanʼat, ijtimoiy-iqtisodiy va gumanitar yoʻnalishdagi oliy taʼlim muassasalari» yoʻnalishi bo'yicha 1-o’rinni Toshkent davlat yuridik universiteti, 2-o’rinni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, 3-o’rinni Guliston davlat universiteti egalladi.

«Texnika, tibbiyot va salomatlik yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari» yoʻnalishida esa 1-oʻrin Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, 2-oʻrin Namangan muhandislik texnologiya instituti, 3-oʻrin Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialiga nasib etdi.

«Xorijiy taʼlim muassasalarining Oʻzbekistondagi filiallari» yo'nalishida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti va I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat Neft va gaz universitetining Toshkent shahar filiali yuqori o’rinlarga sazovor bo’ldi.
 
Shaxnoza Nurullayeva
 
Manba: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Rasmiy veb-sayti
 
Salamat AVEZOV,
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali “Òquv yordamchisi bòlimi”ning laboranti, ÒzLiDeP àzosi.
 
Veb-sayt: TATU Nukus filiali
Facebook: TATU Nukus filiali
Facebook: TATU NF – Òzbekiston yoshlar ittifoqi BT
Telegram: TATU NF – Yangiliklar, e'lonlar va ogohlantirish kanali @titunf
Telegram: TATU NF – Òzbekiston yoshlar ittifoqi BT kanali @titunfjaslarawqami
Fikr.uz: Maxsus – TATU Nukus filiali blogi
Davra.uz Ijtimoiy tarmoģi

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.