топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Zahiriddin Muhammad Bobur

"Бобурнома" да тарихий шахслар
Шеърият ва адабиёт

Xalqimiz tarixida insoniy kamolati va ijtimoiy faoliyati bilan dovrug’ qozongan, millatimiz faxri bo’lmish ulug’ zotlar benihoya ko’pdir. Ammo ular qatorida shunday buyuk zotlar borki, u Vatanimiz kechmishi, buguni va ertasida behat yuksak o’rin tutadi. Ul muhtaram zot, o’zining butun hayotini xalqning tinchligi, hotirjamligi uchun baxshida etgan, dunyo tarixida nafaqat buyuk hukmdor, shu bilan bir qatorda ilm-fan ravnaqiga katta hissa qo’shgan Zahiriddin Muhammad Boburdir. ”Bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan har qancha faxrlansak arziydi. O’zbek  xalqining dovrug’ini dunyoga taratgan buyuk ajdodlarimizdan biri o’laroq, ul zot bizni o’tmish tariximizni qadrlashga, kelajakka buyuk ishonch bilan qarashga o’rgatadi. Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mumtoz insonlarni dunyoga bergan xalq hech qachon  xor bo’lmaydi, muqarrar tarzda saodatga erishadi.”-deb O’zbekiston Respublikasi Prezedenti I.A.Karimov bejiz ta’kidlamagan edilar.
 Darhaqiqat, inson qilgan ezgu amallari bilan xotirada qoladi. Bobokalonimiz  Bobur o’z umrini mamlakatni obod etish, xalq faravonligini ta’minlashdek oliy maqsadga bag’ishlagani uchun ham buyuklar qatorida tarix zarvaraqlarida qoldi. Uning bunyodkorlik g’oyalari va ma’naviy merosi hozirgacha jahon xalqlari tomonidan yuksak qadrlanadi.
 
Yaratuvchanlik Bobur faoliyatining asosini tashkil etgan. Taqdir hukmi bilan umrini olislarda o’tkazishga majbur bo’lganiga qaramay, u Temuriylarga hos bunyodkorlik an’analarini dastlab Xuroson, so’ngra Hindistonda davom ettirdi. Ariq va kanallar qazdirib, suv keltirdi. Bog’-rog’lar, yo’llar, karvonsaroylar, muhtasham inshootlar qurdirdi. Abdulhamid Lohuriyning “Podshohnoma” asarida aytilishicha Kobuldagi Bog’i Shahraro, Bog’i Surat, Bog’i Mohitob, Bog’i Ohuxona, O’rtabog’, Chorbog’i Kobul, Agradagi Bog’i Bihisht, Hilvatxona, Bog’i Zarafshon,Oramgoh, Sekridagi Bog’i Fotih, Dilpurdagi Bog’i Nazarxon, Nilufar, Gvalior bog’lari bevosita Bobur Mirzoning sa’y-harakatlari natijasida barpo etilgan. Bundan tashqari, bu ulug’ zotning ilmu-fan, madaniyat va san’at, dinu-diyonat homiysi sifatida, adolatparvar hukmdor sifatida amalga oshirgan ishlari necha asrlar o’tsinkim o’z qimmatini yo’qotgani yo’q.
 Buyuk bobomiz shunday fazilatlari bilan o’z naslining shuxratini yanada yuksaltirdi, dunyo xalqlarining mexrini qozondi. XIX asrda yashagan ingliz tarjimoni Erskinning e’tiroficha, “Bevafo taqdirning nayranglariga qaramay ruhining tetikligi, podshohlar orasida kamdan-kam uchraydigan sahiyligi, mardligi, iste’dodi, fanga, san’atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug’ullanishi jihatidan olib qaraganda, Osiyodagi podshohlar ichidan Boburga teng keladigani yo’q”.
 Ahamiyatlisi shundaki, uning ishlari avlodlari tomonidan ham davom ettirildi. Buning tasdig’ini, mana, oradan besh yuz yildan ko’proq vaqt o’tsa hamki, Sharq me’morchilik san’atining haqiqiy mo’jizasi sifatida yashab kelayotgan ko’plab tarixiy obidalar, jumladan mo’jiza sifatida tan olingan g’oyatda mustahkam, shu bilan birgalikda nafis jilo berilgan Tojmahal timsolida ko’rish mumkin. Shu sababdan ham olimlar Xuroson va Hindiston hududidagi mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy taraqqiyotga erishishini bevosita Boburning hamda uning avlodlarining obodlik va faravonlikka yo’naltirilgan faoliyati bilan bog’lashadi.
 Zahiriddin Muhammad Bobur o’zining sahiyligi, himmati bilan ham boshqa hukmdorlardan ajralib turgan. U saltanatini hayotlik paytidayoq, taxt vorisi,ya`ni, to’ng’ich o’g’liga topshirgan sharqdagi yagona podshoh edi. Bobur Alisher Navoiy singari juda ko’p shogirdlarga homiylik qilib, kamolga yetishishiga ko’maklashgan, badiiy ijodga rag’bati borlardan ham iqtisodiy, ham ma’naviy ko’magini ayamagan.
 Shu o’rinda Mirzo Boburning madaniyatimiz va qadriyatimizga qo’shgan hissasini avvalo uning bebaho “Boburnoma” asarida, go’zal she’riy devonlarida,fiqh va huquqqa oid asari “Mubayyin”da ko’ramiz.        Ollox bergan qisqa umri mobaynida mashaqqatlar chekkan, shunga qaramay, tushkunlikka tushmay o’ta mazmunli xayot kechirgan, o’z davrining yuksak harbiy mahorat sohibi bo’lgan sarkarda Bobur ayni paytda mexribon ota, qarindoshlariga shavqat va mexr ko’rsatgan yuksak ma’naviyatli inson ham edi.
 Xulosa qilib aytganda Karachi universiteti professori Foiza Zexra Mirzaning e`tirof etishicha, “Bobur Hindistonga Temuriylar boshqaruvi tizimini olib kelgan va Osiyo tarixidagi kishini o’ziga maftun qiladigan eng dilbar shaxsdir.
                                                                                   
                                                                                                                    Talaba: Fayzullayev Furqat IQ-177
                                                                                          
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.