топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Ahli jahondin yaxshilig‘...

"Бобурнома" да тарихий шахслар
Шеърият ва адабиёт
Yurtimizda buyuk mutafakkir ajdodlarimizning ma’naviy, ilmiy-ijodiy merosini о‘rganish, yosh avlodga ularning beqiyos faoliyatini singdirish, hurmat-ehtirom bilan ulug‘lash hamda asrab-avaylashga alohida e’tibor qaratilgan. Ana shunday amaliy tadbirlar sirasida ajdodlarimiz tavallud ayyomiga bag‘ishlangan bayram kechalarining tashkil etilishi g‘oyat ahamiyatlidir.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida bu kabi tadbirlar an’anaviy tarzda muntazam о‘tkazilib kelinmoqda. Xususan, 14 fevral kuni institutning О‘quv teatri binosida Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligiga bag‘ishlangan “Ahli jahondin yaxshilig‘...” ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tadbir о‘tkazildi.


“Sahna nutqi” kafedrasi dotsenti, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan yoshlar murabbiyi I.Jumanov tomonidan yozilgan ssenariy, sahnalashtiruvchi rejissyor kafedra dotsenti R.Qodirov, musiqa rahbari, professor J.Shukurov tomonidan tayyorlangan bayram tadbirida institutning professor-о‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Kechani filologiya fanlari doktori, professor Boqijon Tо‘xliyev ilmiy ma’ruza bilan boshlab berdi. Bobur ijodidan olingan g‘azallar va ruboiylar teatr san’ati fakulteti talabalari О‘.Mustafaqulov, M.Zikriyayeva, A.Fayziyev, Musinov U, Nabiyeva SH, Pirnazarova G, Rо‘ziyev U, Aliyev SH, Jо‘raqulov R, Sayfullayev B, SH.Rо‘ziyev, S.Hayriyev, M.Qodirov, A.Nursaidovlar tomonidan mahorat bilan ijro etildi.

Shuningdek, P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanidan adabiy parchani 2 kurs magistranti Oxundiy Azamat tomonidan badiiy ta’sirchanlikda ijro etgani, hamda Boburning “Lola” g‘azali adabiy, she’riy-musiqiy kompozitsiya sifatida ishlanib talabalar ijrosida ruboiylari bilan uyg‘un holda taqdim etilgani tadbir ishtirokchilarida chuqur taassurot qoldirdi.

Mazkur tadbirda ona yurtga muhabbat, inson kamoloti, ustoz-shogird an’anasi, ilm-ma’rifat ziyosi, vatanparvarlik hissi bilan yо‘g‘rilgan musiqiy asarlar – “Sarohbori Dugoh” VI taronasi, О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist A.Dadayev, “Guljamol” о‘qituvchi G.Umarova, “Sarohbori oromijon” “Nihol” mukofoti sovrindori G.Xudoynazarova, “Qaro zulfing” A.Yо‘ldoshev, “Jamoling vasfi...”, “Yaxshilig‘...” О‘zbekiston xalq hofizi O.Safarov, “Lola” D.Mirzakarimov, “Shaydo kibi...”, “Soqiynomai savti kalon” R.Abdullayev va ashulachilar ansambli jо‘rovozligida ijro etildi.

Shoh va shoir hayoti anchayin murakkab kechgan bо‘lsa-da, el tinchligi va xalq farovonligi yо‘lida amalga oshirgan xayrli ishlari, о‘zining о‘lmas va betakror g‘azallari, “Boburnoma” kabi durdona asarlari bilan hozirga qadar ardoqlanib kelmoqda.

Bugungi kunda Zahriddin Muhammad Bobur siymosi, uning ilmiy-ijodiy faoliyati adabiyotimizning mumtoz namunalari sifatida qadrlanib, uning bebaho mulkiga aylangan. Bu kabi buyuk ajdodlarimizning hayot yо‘li va ijodiy faoliyatlari talaba-yoshlarning ma’naviy olamini, tafakkur doirasini kengaytirishda, Vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.