топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“Yilning eng faol yosh olimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi

Танловлар

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumi majlislar zalida “Yilning eng faol yosh olimi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizdagi eng iqtidorli yosh olimlar, tadqiqotchilar ishtirok etishdi.

Faxrli 1-o‘rinni Buxoro viloyatidan Alimov A’zam Anvarovich, 2-o‘rinni O’zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti ilmiy xodimi An Yekatirina Vladimirovna, 3-o‘rinni Surxondaryo viloyatidan Eshqurbonov Furqat Bozorovich qo‘lga kiritdilar. Barcha g‘oliblarga diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. G‘oliblarni O‘zR FA ma’muriyati nomidan tabriklaymiz hamda kelgusidagi ishlarida omadlar tilaymiz.
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.