топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

University of York: Kimyo fakultetidan to’liq va qisman qoplanadigan grantlar

Танловлар
Buyuk Britaniyada joylashgan York universiteti (University of York) ning Kimyo fakulteti ushbu fakultetda magistraturani yoki PhD bosqichini o’qishni xohlovchilar uchun qisman va to’liq qoplanadigan grant dasturlaini e’lon qildi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash.
 
 

Ushbu fakultet tomonidan taklif qilinadigan yo’nalishlarni SHU YERDA ko’ring.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada yoki PhD bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
 
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant dasturlarining 3 xil turi mavjud:
    Wild Platinum Scholarship – kontrakt puli to’liq to’lab beriladi.
    Wild Gold Scholarship – kontrakt pulining 50 foizi to’lab beriladi.
    Wild Prize – bir marta 2000 funt sterling miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlaydi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos tushishi lozim:
    Dastlab magistrlik yoki PhD dasturlaridan biriga onlayn tarzda ariza topshirish kerak. Bunda tanlagan yo’nalishingizda belgilangan talablarga mos tushishingiz kerak.
    Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi kerak (IELTS: 6.5, TOEFL: 87).
Dasturga qabul jarayoni:
    Dastlab o’qimoqchi bo’lgan yo’nalishingizni tanlab, unga onlayn ariza topshiring.
    O’zingizga ilmiy rahbar kim bo’lishini tanlashingiz va u bilan email yoki boshqa usulda aloqaga chiqishingiz kerak.
    Yuqorida sanalgan 3 turdagi istalgan grant dasturidan biriga topshirishingiz mumkin. Lekin agar komissiya sizni to’liq grantga emas, qisman grantga qabul qilishi mumkin. To’liq grant uchun arizani SHU YERDAN yuklab oling.
    Barcha hujjatlarni 2018-yilning 30-apreligacha chemgrad@york.ac.uk elektron manziliga yuboring.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.