топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“Olimpiada yulduzlari” shiori ostida o‘tkazilgan mini-futbol musobaqalari yakunlandi

Танловлар
 Joriy yilning 8-12 iyun kunlari O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Olimpiada yulduzlari” shiori ostida musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarning 1 bosqichida 76 ta oliy ta’lim muassasasi, ikkinchi bosqichida 15 ta oliy ta’lim muassasalari va chorak final va final musobaqalarida 5 ta jamoa ishtirok etdi. Qizg‘in davom etgan final musobaqalarida 1-o‘rinni Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti jamoasi, 2-o‘rinni Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi va 3-o‘rinni Toshkent arxitektura va qurilish instituti jamoasi vakillari egalladi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan 1-3 darajali diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

G‘olib jamoalar: 1-o‘rinni Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti jamoasi, 2-o‘rinni Qoraqalpoq davlat universiteti jamoasi va 3-o‘rinni Toshkent arxitektura va qurilish instituti jamoasi vakillari.
Birinchi o‘rinni egallagan Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti jamoasi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi kubogini qo‘lga kiritdi.

1 изоҳ

avatar
Yurtimizda sportga katta etibor berilmoqda ayniqsa yoshlarga imkoniyatlar juda ko'p
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.