топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Kitob o'qing! 15 millionga ega bo'ling! Olg'a!

Танловлар
 
O‘zbekistonlik dasturchi Alisher Tojiyev yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etuvchi tanlovni e’lon qilish arafasida...
 Tanlovda ishtirok etuvchi 14—17 yoshli o‘smirlarning 3 nafari 5 million so‘mdan jami 15 million so‘m miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo‘ladi. Hozirda tanlov shartlari qay tartibda bo‘lishini aniqlash va uning qoidalarini ishlab chiqish uchun internet tarmog‘ida so‘rovnoma joylashtirilgan.
 
«Bu bilan ishtirokchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlamoqchi emasman. Ular orzularidagi biror bir buyumni olishlari uchun kitob o‘qishlarini istayman. Kelajakda kitob o‘qishni davom ettirsalar, orzulariga yetishishlari uchun mening tanlovim yoki 5 million kerak bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, tahsil olgan maktabim kutubxonasiga 5 million so‘m miqdoridagi kitoblarni sovg‘a qilishni rejalashtirganman. O‘zim kitoblarni ulashish uchun taqdimotda qatnashib, eng sevimli asarlarimga izoh berib o‘tmoqchiman. Bu bilan yurtimizda faoliyat yuritayotgan boshqa tadbirkorlarni ham savob ishga chorlab qolaman.»
 
Alisher Tojiyev, dasturchi
 
Diqqat! Tanlovga umumiy kelib tushgan takiflar soni 1391ta. Tez kunlarda tanlov shartlari e'lon qilinadi...Loading… =)

1 изоҳ

avatar
Juda to'g'ri o'ylabsiz. Mana shunga o'xshagan loyihalar albatta o'z samarasini beradi deb o'ylayman.
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.