топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Navoiylik chilangar oddiy spinnerdan elektr energiyasi olish yo‘lini topdi

Таълим ва тараққиёт
Илм-фан
Uchquduqlik yosh avtochilangar Akmal Hamroyev yengil turtki bilan aylanuvchi va foydali ish koeffitsiyenti deyarli nolga teng spinnerni takomillashtirib, sarflanadigan mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirish yo‘lini topdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Foto: Max Pixel

Akmal Uchquduq shahridagi konchilik kasb-hunar kollejini tugallab, NKMK tizimidagi avtotransport boshqarmasida avtoslesar bo‘lib ishlamoqda. Ixtirolari bilan hamkasblari va tengdoshlarini hayratga solibgina qolmay, korxona faoliyati bilan bog‘liq jarayonlarda novatorlik ishlanmalarini ham taklif etib turadi. Takomillashtirilgan spinner masalasiga kelsak, undan elektr tarmog‘idan olis hududlarda mobil telefon apparatlarini zaryadlovchi moslama sifatida foydalanish mumkin. Muhimi, zaryadlash simsiz amalga oshiriladi.
Ixtirochi ayni kunlarda o‘zi yaratgan yana bir yangilik ustida izlanishlari davom ettirmoqda. Mazkur moslama aslida aksariyat oshxonalarga o‘rnatilgan oddiy havo so‘rg‘ichning o‘zginasi. Farqi shundaki, u xonadonda gaz chiqishi bilan ishga tushib, xonadon sohiblarini “Diqqat, gaz!” signali bilan ogohlantiradi.
“Moslama gaz avariyasi yuz berganda, xonadon sohibining mobil telefoniga ham ogohlantiruvchi xabar berishi lozim. Hozir shu masalada ish olib bormoqdaman. Agar uni yaratsam, shunda avariya zudlik bilan bartaraf etilib, gaz bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldi olinadi”, — deydi Akmal Hamroyev.
Akmal yaratgan yana bir yangilik robot-changyutgichdir. U ultratovushlar yordamida harakatlanib, o‘z yo‘nalishini aniqlaydi. Albatta, bunday dastyorlar bugungi kunda muomalada bor-ku, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Gap shundaki, Akmal ularning barchasini o‘z qo‘lidagi arzon vositalar va muhimi, o‘z intellekti yordamida yasagan.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.