топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Milliy amaliy san'at va hunarmandchilikni rivojlantirish.

Таълим ва тараққиёт
Илм-фан
O`zbekistonning mustaqilligi milliy madaniyatimiz, ayniqsa xalq amaliy san'ati va hunarmandchiligi taraqqiyotiga keng yo`l ochib berdi. Qadimdan rivoj topib kelayotgan naqqoshlik, ganchkorlik, yog'och o`ymakorligi, badiiy kulolchilik, misgarlik, kashtachilik turlari yana gurkirab o’sa boshladi, uning milliy badiiy an'analari yanada rivojlanmoqda. San'atning unutilib ketgan ayrim turlari hisoblangan matoga gul bosish, suyak va tosh o`ymakorligi, zargarlik, pichoqchilik, gilamchilik turlari qayta tiklandi. Amaliy san'at va xalq hunarmandchiligining yangi turlari chinni haykaltoroshligi, charmda miniatyura ishlash, inkrustasiya, qovoq shakliga naqshlar bilan ishlov berish kabi turlari paydo bo`ldi va bu yo`nalishlarda ustalar yuksak ko`taringilik va mahorat bilan mehnat qilmoqdalar,<cut>
O`zbekistonda milliy amaliy san'at va hunarmandchilikni rivojlantirishda Respublika Vazirlar Mahkamasining 10 iyul 346 sonli qarorida 1997 yilgi «Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san'atini yanada rivojlantirishni davlat yo`li bilan qo`llab quvvatlash chora tadbirlari to`g'risida» gi qarori alohida ahamiyat kasb etdi. Ana shu qaror asosida «Musavvir» ilmiy ishlab chiqarish Markazi tashkil etilib, uning qoshida «Hunarmand» uyushmasi faoliyat ko`rsata boshladi. Bu uyushma o`z saflariga minglab tajribali, shuningdek, yosh ustalarni birlashtirdi. Ularning ijodiy ishlari uchun har tomonlama shart sharoitlar yaratib bsrilmoqda, ma'naviy va moddiy yordam ko`rsatilmoqda. Uyushmaning deyarli barcha viloyatlarda bo`linmalari ochilgan bo`lib, u yerdagi ustalar mahalliy amaliy san'atni milliy badiiy an'analarini rivojlantirib yuksak badiiy saviyali asarlar yaratmoqsalar. hozirgi zamon xalq ustalaridan A. Akbarov, A. Abdullayev, A Umarov, S. Rahmatullayev, A.Karimov, M. Murodov, B. Rahmonberdiyev, N. Oblaqulov va boshqa ustalar xorijiy mamalakatlarda o`tkazilgan qator ko`rgazmalarda o`z asarlari bilan qatnashib kelmoqdalar. Jumladan, Fransiyaning Parij shahrida, Olmoniyaning Berlin shahrida, Malaziyaning Kuala Lumpur shahrida, Yaponiyaning Tokio shahrida, Hindistoning Dehli shahrida, Moskva va Olmaota shaharlarida o`tkazilgan ko`rgazmalar shular jumlasidandir.
Mustaqillik yillarida sobiq Ittifoq davridagi ko`plab ta’ziq ostida bo`lgan milliy amaliy san'at turlaridan, naqqoshlik, ganchkorlik, misgarlik, yog'och o`imakorligi, badiiy kulolchilik, kashtachilik kabi turlarining badiiy an'analarini tajribali ustalardan 0. Fayzullayev, S. Rahmatullayev, A. Azlarov, M. Rahimov, S. Otajonov, A. Nazrullayev, 3. Obloberdiyeva, A. Raximov, I. Komilov, M. husainov, A. Sultonov, M. Usmonov, X. Nuraliyevlar davom ettirmoqchalar.
Yosh iqtidorli ustalardan A. Rahimov (Toshkent), M. Rahimov (Rishton), N. Obloqulov (Urgut), A. Nazrullayev (G'ijduvon), M. Alimbayev (Buxoro), X. Xaqberdiyev (Samarqand) kabilar bediiy kulolchilik yo`nalishida samarali mehnat qilmoqdalar.
Naqqoshlik sohasida esa M. To`rayev, A. Ilhomov, B. Rahmonberdiyev, S. Shukurov, X. Nuraliyev, A. Karimov (Toshkent), A. Akbarov, M. Husainov (Namangan), J. Jamolov, Sh. Mahmudov, S. Mahmudov (qo`qon), 0. Ergashev, S. Akbarjonova (Andijon), M. Boboyev (Farg'ona), Respublikamizda shuxrat qozondilar.
Hozirda ganch o`ymakorligi Toshkentda tez rivoj topib poytaxtimizning turli jamoat binolarini bezatishda keng qo`llanilmoqda. Uning vakillari qatoriga A. Sultonov, A. Po`latov, M. Sultonov, M. Usmonov, M. Murodov, 3. Yusupov, U. Tohirov, A. Umarov (Toshkent), B.Davlatov (Xorazm), A. Abdurahmonov (qo`qon) kabi ustalarni kiratish mumkin.
Yog'och o`ymakorligi san'ati qadimdan Xorazm, Buxoro va Samarqandda rivoj topgan bo`lsada, hozirga kelib Toshkentlik ustalar bu yo`nalishda karvonboshilik qilmoqdalar. O. Fayzullayev, S. Raxmatullayev, A. Abduraxmonov, A. Azlarov, X. Odilovlar shular jumlasidandir. Xorazmlik X. Bog'ibekov, Andijonlik Y. O`taganov, qo`qonlik X. Umarov, A. Abdullayevlar ham yog'och o`ymakorligi bo`yicha yuksak badiiy saviyali asarlar yaratmoqdalar.
O`zbek kashtachilik san'atining asosini tashkil etadigan so`zana, joynamoz, do`ppi, nimcha, zarchopon kabilar tikish sobiq Ittifoq davrida tanazzulga yuz tutgan bo`lsa, horzirda bu sohada keskin burilish ro`y berdi. Kashtachi ustalardan X. g'ulomova (Samarqand), 3. Obloberdiyeva (Shofirkon), S. Rahmatullayev (Surxondaryo), M. Atayeva ( Sirdaryo), Sh. Obloqulova (Urgut), N. Xonto`rayeva (Toshkent), S. Shomurodova (qo`qon), G. Yekabergenova (qoraqalpog'iston) kabilar amaliy san'atning bu turini oyoqqa turg'azishda jonbozlik ko`rsatmoqdalar. Kashtachilik sohasida bir qator viloyatlarda xususiy ustaxonalar ochilgan bo`lib, ularda ko`plab yoshlar san'at sirlarini o`rganmoqdalar va yuksak badiiy saviyali asarlar yaratmoqdalar.
Zargarlik san'ati ham yo`qolib borayotgan san'at turlaridan edi. Uni tiklash va rivojlantirishda hozirda Toshkentlik ustalardan F. Dadamuhamedov, N. Xolmatov, G. Toshevalar jonbozlik ko`rsatmoqdalar.
O`zbek xalq amaliy san'atida yangidan paydo bo`lgan yo`nalishlar hisoblangan chinnidan haykalchalar ishlash, inkrustatsiya, qovoqdan ishlangan idishlarni naqshlash, charm materiallarga miniatyura ishlash, gazmolga gul bosish, tosh o`ymakorligi kabi san'at turlari bo`yicha olib borilayotgan ishlar ham diqqatga sazovordir. Ayniqsa, pichoqchilik bo`yicha Andijonlik A. Muhiddinov, Namanganlik A. Abdullayev, tosh o`ymakorligi bo`yicha Nurotaning g'ozg'onidan E. Abdullayev, X. Yo`ldoshev, A. Haitovlar, charmda miniatyura ishlash bo`yicha Toshkentlik S. Po`latov, B. Yo`ldashevlar, qovoqdan ishlangan idishlarga minatyura ishlash bo`yicha Toshkentlik S. Ziyomov, B. Hojimetov, Sh. Rixsiyevlar, gazmoga gul bosish bo`yicha Toshkentlik A. Rahimov, chinni haykaltoroshligi bo`yicha toshkentlik Sh. Mo`minova, misgarlik san'ati bo`yicha M. Madaliyevlarning milliy amaliy san'atni bu turlarini tiklash va rivojlantirishdagi xizmatlari katta bo`lmoqda.
Shuni ham alohida qayd qilish lozimki, xalq amaliy san'atini rivojlantirish maqsadida Milliy rassomchilik va dizayn institutida Nukus, Buxoro, Namangan, Toshkent davlat pedagogika universitetlarida amaliy san'atdan malakali ustalar tayyorlaydigan guruhlar tashkil etilgan. Bu o`quv yurtlarini bitirganlar Respublikamizda amaliy san'at turini rivojlantirishda katta rol o`ynaydi.
Amaliy san'atdan yuqori malakali ustalar yetkazib chiqaradigan o`rta maxsus o`quv yurtlari san'at litsey va kolledjlari Toshkent, BuxoroNavoiy, Samarqandda ochilgan.
Xullas, O`zbekistonning mustaqillik yillarida o`zbek xalq amaliy san'ati o`zining yangi taraqqiyot bosqichiga kirmoqda. Azaldan mamlakatimizning madaniy markazlaridan hisoblangan Samarqand, Buxoro Toshkent, G'ijduvon, Marg'ilon, Xiva, Rishton, Shofirkon, Urgut, Xo`jayli,Qo`qon, Nurota, G’'urumsaroy, Asaka, Chimboy, Sho`rchi, Termiz, Urganch,Boysun, Denov, G'allaorol, Jizzax, Zomin, Namangan, Kosonsoy, Shaxrisabz, Kitob,Sherobod, Beshkent, Xonqa, Nukus kabi shahar va qishloqlarimiz ustalari o`zlarining qadimiy shuhratlarini tiklash maqsadida samarali mehnat qilmoqdalar.
 
Mazkur mazmundagi suhbat darsida o`qituvchi mavzuga doir amaliy san'at namunalarini slayd, diapozitiv yoki diafilmlar yordamida namoyish etadi. Ular bo`lmagani taqdirda amaliy san'at namunalarining reproduksiyalari, foto nusxalari bolalarga ko`rsatiladi. Namoyish savol javob tarzida o`tkazilishi darsda bolalarni faol bo`lishlariga yordam beradi. 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.