топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

She'rning tug'ilishi

Блог им. pedagog-2014
Yuvilmas ishonch

Tomchilar silaydi boshimni,
Yoki menga shunday tuyular...
Yuragimning qat-qatidagi
Yuvolmaydi sog'inchim ular.
 
Yog'averar usti-boshim xo'l,
Soniyalar jomga quyular.
Sharros quysin, mayli yog'sin do'l
Yuvolmaydi sog'inchim ular.
 
Oramizda bir qadamlik yo'l,
Harakatsiz bandi tuyg'ular.
Vaqt va yomg'ir bir bo'lsalar ham
Yuvolmaydi sog'inchim ular.
 
Soyabonsiz ko'chada yolg'iz,
Men, majnuntol, shirin orzular.
Ishonch bor, lek aytaman unsiz,
Yuvolmaydi sog;inchim ular!
Sherzodbek Suyunov

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.