топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan foto-ko‘rgazma ochildi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
16-fevral kuni Samarqand davlat chet tillari instituti fransuz tili va adabiyoti kafedrasida 1-2 kurs talabalari tomonidan tayyorlangan Zahiriddin Muhammad Boburtavalludining 535 yilligiga bag’ishlangan foto-ko‘rgazma ochildi.
Mazkur foto-ko‘rgazmaning ochilishida professor R.Shodiyev, institut xotin-qizlar kengashi raisi M.Xandamova, roman-german tillari fakulteti dekani v.v.b. Q.Egamnazarov, kafedra mudiri N.Suvonova va bir qator murabbiy ustozlar ishtirok etishdi.
So‘zga chiqqanlar, jumladan, professor R.Shodiyev, dotsent M.Xandamova hamda fakultet dekani v.v.b. Qobil Egamnazarovlar shoir she’riyatining mohiyati haqida gapirib Bobur hayotni sevishi, umrining har daqiqasini g‘animat bilishi, shuning uchun har qanday og‘ir kunlarda ham yashashga intilganligi, izlanishdan to‘xtamaganligi, ijodda davom etganligi tahsinga loyiq ekanligini aytib o’tdilar.
Bobur hayoti va ijodiga bag’ishlangan foto-ko’rgazmaning ochilishidagi talaba Suvonov Bexruz tomonidan har bir tasvirda berilgan tushuntirishlar va izohlar tadbir ishtirokchilarida juda katta qiziqish uyg‘otdi. Talabalar o’rtasida savol-javoblar viktorinasi hamda “Mushoira” bo’lib o’tdi. Talabalar shoir ijodining hasbi hol tarzda yozilgan va Bobur hayotining turli lavhalarini qamrab olgan, hayotga qaynoq mehr aks etgan jo‘shqin g‘azallari va ruboiylarini turli tillarda tarannum etganligi ayniqsa yig’ilganlarning e’tirofiga sazovor bo’ldi.
Tadbir so’ngida fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri N.Suvonova so’zga chiqib, Bobur dunyoni hayratga solgan yirik davlat va madaniyat arbobi, mohir sarkarda, donishmand tarixchi, zakovatli olim va tarjimon hamda o’sha paytda u adabiyotimizning Navoiydan keyingi zabardast vakili hisoblanganligini yana bir bor ta’kidlab o’tdi va kechada faol ishtirok etgan talabalarni diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirladi.
1-scaled-1200x900
2-scaled-1200x900
3-scaled-1200x900
4-scaled-1200x900
5-scaled-1200x900
6-scaled-1200x900
7-scaled-1200x900

1 изоҳ

avatar
чиройли кургазма булди
 
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.