топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Yoshlar o’rtasida milliy g’urur hissini shakllantirishda mamalakatning boy madaniy va tarixiy me’rosi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
     Jadal rivojlanayotgan mamlakatimizning ravnaqi, taqdiri o’sib kelayotgan yosh avlod ya’ni bizlarning qo’limizdadir, shu sababli yoshlarni milly g’urur hissini shakllantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu e’tiborning tasdig’i sifatida Samarqand davlat chet tillar institutida  “Yoshlar ittifoqi” boshlang’ich tashkiloti va ma’viyat bo’limi  hamkorligida “Yoshlar o’rtasida milliy g’ururni shakllantirishda mamlakatning boy madaniy va tarixiy me’rosi “mavzusida katta tadbir o’tkazildi. Unda bizning boy madaniy va tarixiy me’rosimiz haqida juda keng ko’lamda ma’lumotlar berildi. Bu tadbir orqali tadbir ishtirokchilari Vatanning  madaniy va tarixiy me’rosi haqida qiziqarli buyukligini his qildilar .  Sharq olamida xususan, Markaziy Osiyo  xalqlari hayotida rivojlangan madaniyatning mavjud bolgani haqida qadimgi baqtiriya, so’g’d, o’rxun, xorazm yozuvlarida bitilgan  yodgorliklar ,devoriy tasviriy san’at asarlari va haykalchalar arxitektura namunalari dalolat beradi. Bunda ayniqsa “Avesto” kitobining o’rni beqiyos. Unda vatanimizning tarixiy urf-odatlari, turmush sharoiti, ijtimoiy hayoti haqida ma’lumotlar saqlanib qolgan.
    Mamlakatimizning tarixiy me’rosi juda boydir. Bu tarixiy merosni biz bitmas – tuganmas bilimlar xazinasi sifatida ham bilamiz. Tarixda Navoiy, Buxoriy, Farobiy, Fuzuliy, Ganjaviy, Nosir Xusrav kabi olimlarimiz uz asarlarini bizga me’ros sijatida qoldirganlar.Tadbir orqali ishtirochilarda milliy g’urur hissi jo’sh urdi  desam adashmagan bolaman. Tarixda ne-ne buyuk zotlar o’tgan. Ular vatan ravnaqi, xalq faravonligi yo’lida ko’p ishlarni amalga oshirganligi o’ta qiziqarli chiqishlar orqali namoyish etildi. Bu chiqishlar orqali  qatnashchilarning millatimiz tarixi va ajdodlarimizga bo’lgan qiziqishlari tobora ortdi. Va ularga munosib voris bo’lishi kerakligini ishtirokchilar chuqur anglashdi.
 Ro’ziqulova Barno
SamDCHTI ingliz tili fakulteti talabasi

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.