топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari bilan hamkorlikda profilaktik tadbir o’tkazildi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
    2018 yil 14 sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi «Yo‘l harakati xavfsizligi kunini o‘tkazish va yo‘l-transport hodisilari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 701-son qarorining va 2018 yil 8 sentabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim Vazirligining №773- buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat IIB YHX xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi.
            Unda institut rahbar xodimlari, professor-o‘qituvchilar va 170 nafar talabalar hamda Samarqand viloyat IIB YHX boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A. Nosirov  va YHX boshqarmasi ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi boshlig‘i A. Jo‘rayevlar ishtirok etib, talabalarga yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari va yo‘l-transport hodisalarining oqibatlari to‘g‘risida tushintirib, talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi. Tadbir so‘ngida talabalarga “Yo‘l va jamoat xafsizligi” nomli video rolik namoyish etildi.



0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.