topik, blog, fotoset yoki yo`naltirgich yaratish

“Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida vatanparvarlik oyligi o‘tkazilmoqda

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Viloyatimiz tuman va shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi munosabati bilan “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” shiori ostida vatanparvarlik oyligi o‘tkazilib kelinmoqda.
Joriy yilning 8-yanvar kuni Samarqand shahrida vatanparvarlik oyligi munosabati bilan “Mening armiyam-mening faxrim!” shiori ostida katta tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Respublikamiz Armiyasi va xalq birdamligini ta’minlash hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyish etildi.
Shahrimizda o‘tkazilgan tadbir jarayonida Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar jamoasi ham faol ravishda ishtirok etib, “Marafon” yugurish musobaqalarida qatnashdilar.




0 izoh

Ro'yhatdan o'tganlar va tasdiqlanganlargina izoh qoldirishlari mumkin.