топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Tojikiston Respublikasi Xo’jand shahridagi Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti bilan hamkorlik o’rnatildi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 martdagi PQ-3596-sonli “O’zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o’rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori asosida Samarqand davlat chet tillar instituti Tojikiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda.
Jumladan, joriy yilning 19-20 iyun kunlari institut delegatsiyasi, professor R. Shodiev va xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i O.Yusupovlar Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universitetida bo’lib o’tgan “Ta’lim sifatini oshirishda oliy ta’lim muassasalari o’rtasida o’zaro hamkorligining muhim o’rni” (Международное сотрудничество вузов как важный фактор повышения качества образования) mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi.
Konferensiya yakunida Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti, Belorus savdo-iqtisodiyot univeriteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Ural davlat iqtisodiyot universiteti,  Samarqand davlat chet tillar instituti, Akademik B.Gafurov nomidagi Xo’jand davlat universiteti, O’zbekiston milliy o’niversiteti, Akkreditatsiya va reyting agentligi (Qozog’iston), Tojikiston tog’-metallurgiya instituti, Akademik S. Osimi nomidagi Tojikiston texnika universitetining politexnika instituti hamda Tojikiston davlat tijorat universitetining iqtisodiyot va savdo institutlari o’rtasida o’zaro hamkorlik to’g’risida Memorandum imzolandi.
Tashrif davomida, shuningdek, Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti va Samarqand davlat chet tillar institut o’rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik Shartnomasi imzolandi.






0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.