топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Talabalar ilm-fanga, ma’naviyat va ma’rifatga chorlanmoqda

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
oriy yilning 4-mart kunida Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili fakultetida xalqaro hamkorlik bo‘limi, ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedogog kadrlar tayyorlash bo‘limi, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida guruh sardorlari o‘rtasida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida xalqaro hamkorlik bo‘limi vakili B.Berdialiyev, ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedogog kadrlar tayyorlash bo‘limi vakili B.Turobov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi vakili Sh.Suyunovlar ma’ruza qilishdilar.
Ma’ruza davomida xalqaro ilmiy grantlar, nomdor stipendiyalar, ma’naviy va ma’rifiy tanlovlar sohibi va sohibasi bo‘lish va qanday harakat qilish kerakligi to‘g‘risida tegishli ko‘rsatma va maslahatlar berildi.

 
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.