топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

SamDChTI prorektori F.Sh.Ro‘ziqulovning Xitoyga tashrifi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Samarqand davlat chet tillar instituti prorektori F.Sh.Ro‘ziqulov ishtirokidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrif buyurdi. Tashrif davomida Shanxay universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar, kelgusida imzolanadigan shartnomalar to‘g‘risida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Pekin xorijiy tillar universiteti, Xitoy millatlar markaziy universiteti va Shanxaydagi horijiy tillar universitetiga tashrif buyurib, ularning o‘quv mashg‘ulatlari, dars jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.
Hamkorlikda mavjud aloqalarni yanada kengaytirib, professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ularning malakasini oshirish, birgalikda ilmiy konferensiyalar tashkil etish to‘g‘risida kelgusida hamkorlik shartnomalari imzolashga kelishib olindi. Jumladan, joriy yilda Xitoy Xalq Republikasida tashkil etilgan O‘zbek tili va madaniyat markazida o‘zbek tilini o‘rganayotgan xitoylik talabalar bilan ham uchrashuv o‘tkazishdi. Markazdagi talabalar o‘zbek tilida ravon gapirshi tahsinga sazovordir.
 




0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.