топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

SamDCHTI nomdor davlat stipendiantlarininig SamDChTI akademik liseyiga tashrifi to’g’risida

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
22 fevral kuni SamDCHTI AL va KHK bilan ishlash bo’limi xodimlari, institutning ilmiy bo’limi xodimlari va institutimiz nomdor davlat stipendiantlari ishtirokida institut akademik litseyida litsey o’quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirni akademik lisey direktori Z. Quziyev ochib berdi. Shundan so’ng so’z navbati SamDCHTI AL va KHK bo’yicha prorektor B. Primovga berildi. B. Primov o’quvchilarga oldilarida turgan maqsad, yurtimizda bo’layotgan reformalar, ta’lim tizimidagi o’zgarishlar va yangiliklar to’g’risida ma’lumot berdi.
SamDCHTI ilmiy bo’lim uslubchisi O. Tolliyev qanday qilib stipendiant bo’lish mumkinligi, o’quvchi va o’qituvchilarga qo’yilgan talablar xususida ma’ruza qildi.
Dastur davomida akademik liseyning iqtidorli va jamoat ishlarida faol talabalari institute rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Shundan so’ng nomdor stipendiant vakillari va o’quvchilar bilan davra suhbati savol-javob tarzida davom ettirildi. Uchrashuv barchada katta ijobiy taassurot qoldirdi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.