создание топика, блога, фотосета или ссылки

Samarqand davlat chet tillar institutiga AQShning Vebster universiteti delegatsiyasi tashrifi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
2018 yil 6 sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Amerika Qo’shma Shtatlarining Vebster universiteti vise-prezidenti Peter Maher, chet tili fakulteti dekani Dj Kaiser hamda chet tili fakulteti professori Heather McKaylar tashrif buyurdi.
Institutda mehmonlar bilan rektor I.Tuxtasinov ishtirokida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasalari o’rtasida kelajakda hamkorlikda onlayn videokonferensiyalar va onlayn o’quv kurslarini amalga oshirish, Vebster universitetida ingliz tili o’qituvchilari malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, akademik almashinuv dasturlarini yo’lga qo’yish, SamDChTI bazasida qisqa muddatli “O’zbek tili va madaniyati” yozgi o’quv kurslarini tashkil etish, SamDChTIda Vebster universiteti filialini ochish hamda Vebster universitetining SamDChTI filialiga ilmiy darajaga hamda til bilish darajasi (TOEFL, IELTS)ga ega bo’lgan professor-o’qituvchilarini tanlov asosida ishga qabul qilish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv so’nggida institutda Vebster universiteti filialini ochish, professor-o’qituvchilar tanlovini o’tkazish hamda kelgusi o’quv yilidan boshlab magistratura mutaxassisligi bo’yicha 2 ta akademik guruhga 50 nafar talabalarni qabul qilishga kelishib olindi.
Uchrashuvdan so’ng AQShlik mutaxassislar ishtirokida institut ingliz tili o’qituvchilari uchun davra suhbati tashkil etildi. Yig’ilganlar Vebster universiteti, ingliz tili o’qitish metodikasiga oid o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar uchun Samarqand shahrining diqqatga sazavor joylari, tarixiy obidalariga sayohat uyushtirildi.





0 комментариев

Только зарегистрированные и авторизованные пользователи могут оставлять комментарии.