топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Oliy ta’lim tizimi to’g’risidagi Prezidentimiz qarori amalda.

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati tashabbusi bilan institut professor-o’qituvchilari hamda talabalariga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi ПҚ-3775-sonli qarori mazmun mohiyati bilan tanishtirildi.
Muhokamalarda so’zga chiqqanlar keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilganligini ta’kidlashib,  shu bilan birga oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini ta’minlashga to’siq bo‘layotgan bir qator muammolar saqlanib qolayotganligini
va ushbu qaror bu to’siqlarni bartaraf etilishida muhim omil bo’lib xizmat qilishini ta’kidlashdi.
Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo’limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo’nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi.
Qarorda bu sohalarning barchasi keng va batafsil o’z ifodasini topgan. Oliy ta’lim tizimi vakillari uchun ayniqsa ortiqcha majlisbozlikka va xizmat vazifasi doirasiga aloqasi bo’lmagan tadbirlarga jalb etilganlik uchun javobgarlikning belgilanishi mahalliy rahbarlar faoliyatiga yana bir ochiq nazar bilan qarashga undovchi omildir.
Soha vakillari uchun o’ta zarur va muhim bo’lgan bu oliy darajadagi hujjatni amaliyotga tatbiq etish ishlari boshlab yuborildi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.