топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Oliy qomusim

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Oliy qomusim
Gar inson o'tmishga tashlasa nazar
Ko'rinmas na qonun va na adolat
Bundaylarni ko'rib qilarlar hazar
Aytingchi haqiqat nedan dalolat
 
Shu payt oldi bir shoir qo'liga qalam
Yoza ketdi hikoya ichida alam
Donishmand hakim va Nazrul Islom deb
Hindiston sari u yuzlandi shu dam
Odamlarning xavfsiragan jonin olib
Qancha qurbon boldi inson bir so'z bilan
«O'ldi» — deya, aholi ham ko'zin yumib
Xammurapi vaxshat ila soldi kishan
Axiyri olam ham soldi ko'zimga:
«Qaragin olamda qancha nohaqlik».
Nazar bilan boqsam ajdodlarimga
Bizda ham bo'lganmish shuncha qabihlik
Qodiriy, Avloniy, Cho'lpon izlari
Yopildi qum bilan yomg'ir ostida
Ularning ilmli, dono so'zlari
Yashaydi yurak va qalbning tubida
Keldi kun, ozodlik, hurlik, erkinlik
Haqiqat ochildi aslida bugun
Safdoshlar ichida yana yaqinlik
Nomusim va shonim yangradi bu kun
Qomusim ketmayman men sendan yiroq
Yozdi bir qonuning qon bilan Shiroq
Adolatda doimo haq edi Temur
Bo'lgin sen yo'limda hamisha chiroq
Sendagi adolat uyg'ondi dilda
Qadrlagay seni xalqing, ey, shonim
To'g'rilik, to'g'riso'z bo'lgaydir senda
G'ururim, nomusim oliy qomusim
Norqulov Javohir

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.