топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Navro'z

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Navro'z ayyomi tabiat bilan ruhiyatimizga yangila nish olib kirdi. Ko'tarinki o'tkazilgan bayram sayllari taassurotlari esa har bir qalbda bir umrga muhrlanajak. Zero, tinch va osoyishta yurtga yarashiqli sayllar barchamizga mehr-muhabbat bag'rikenglik, birdamlik va ahillik tuyg'ularimizni qonimizni singdirishga qodir. Bayram tomoshalarini ko'rib uy uyiga tarqalayotgan kishilar qalbini o'zgacha kayfiyat shu kunlarga yetkazgani uchun shukronalik hissi chulg'ab olganini guvohi bo'lsin.
Shahrimizda Navro'z ayyomi karnay-surnay sadolari bilan boshlandi. Bayram dasturxoniga bahor taomlari bo'lsin sumalak, halim, ko'k somsa, ko'k manti, qandolat mahsulotlari, osh kabi turfa taomlar tortiq etildi.
Xulosa qilib aytganda, Navro'z kayfiyat yurtdoshlarimizni hamon tark etmagan. Xalqimizni ana shunday ko'tarinkilik, shodumonlik aslo tark etmasin.
Pardaboyeva Nurxon.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.