топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Muqaddassan muqaddas ayol!

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Samarqand davlat chet tillar institutida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan Muqaddassan muqaddas ayol! deb nomlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Bayram tadbirida barcha xotin-qizlarga institut oshxonasida bayram dasturxoni tashkil etildi.
 Bayram tadbirini institut rektori I.Tuxtasinov ochib, barcha xotin-qizlarni institut rektori hamda jamoasi nomidan go’zallik va nafosat ayyomi “8 mart – xalqaro Xotin-qizlar kuni” bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etdi va bayram bilan qutladi. Yurtimiz ilm-faniga munosib hissa qo’shgan va hozirda faoliyat olib borayotgan olima ayollarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt va omad, oilaviy tinchlik xotirjamlik tiladi.
Bayram dasturxonida barcha xotin-qizlarni yana bir bor bayram bilan tabriklab, ularga faxriy yorliq, qimmatbaho sovg’alar va anvoyi gullar taqdim etildi.
Bayramga institutda faoliyat olib borayotgan barcha ayol-qizlar, shuningdek, ko’p yillar halol mehnat qilib, hozirda nafaqada bo’lgan faxriy o’qituvchilar taklif etildi.
Shundan so’ng tadbirning bayram qismi boshlanib, unda sahna ko’rinishlari, mumtoz kuy-qo’shiqlar, milliy raqslar, qiziqarli o’yinlar va hazil-mutoyibalarga boy badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Tadbir davomida so’zga chiqqanlar kecha tashkilotchilariga o’z minnatdorchiliklarini bildirib, barchani bayram bilan qutlashdi.
1
2
3
4
5

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.