топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Janubiy Koreyaning yana bir universiteti bilan hamkorlik o’rnatildi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Joriy yilning 5 iyul kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Janubiy Koreyaning Gyeongsang milliy universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ikki oily ta’lim muassasasi o’rtasida ilm-fan, ta’lim va ilmiy-tadqiqot kabi sohalarda hamkorlik aloqalarini amalga oshirish bo’yicha Hamkorlik Memorandumi hamda talabalar almashinuvi bo’yicha Shartnoma imzolandi.
Hamkorlik o’z ichiga zamonaviy ta’lim metodlari almashinuvi, hamkorlikda qo’shma konferensiyalar va seminarlar tashkil etish, yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash, o’quv-metodik tajriba va ma’lumotlar almashish, professor-o’qituvchilar almashinuvi kabi yo’nalishlarni qamrab oladi.
Shuningdek, kelajakda hamkorlikda Samarqand shahrida Gyeongsang milliy universitetining filialini ochish borasida muzokaralar olib borildi.
Tashrif davomida Gyeongsang milliy universiteti va SamDCHTI talabalari tomonidan koreys va o’zbek milliy mo’siqasi va milliy raqslaridan namunalar ijro etilgan madaniy tadbir ham tashkil etildi.



0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.