топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Institut yoshlari “Navro‘z marafoni”da ishtirok etishdi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
2018 yil 23 mart kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi tashabbusi bilan umumxalq bayrami bo‘lmish “Navro‘z” ayyomi munosabati bilan Samarqand viloyatining barcha yoshlari o‘rtasida “Navro‘z marofoni” — yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.  ;
“Navro‘z marafoni”da Samarqand davlat chet tillar institutidan yuzdan ortiq yoshlar faol ishtirok etishdi. Musobaqa natijalariga ko‘ra sportchi talabalarimiz: ingliz tili fakulteti talabasi Sattorov Sardor hamda tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi Ibrohimov Botiralilar fahrli 3 va 4 o‘rinlarni egallab Samarqand viloyat Kengashi raisi tomonidan estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Qolgan faol ishtirokchilarga Yoshlar ittifoqi logotipi tushirilgan maxsus futbolkalari topshirildi.
1
2
3
4

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.