топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“Ingliz tili” (umumkasbiy) fani bo‘yicha talabalar respublika fan olimpiadasining II bosqichini natijalari

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 23 martdagi №162-sonli “2017 yilda Oliy ta’lim muassasalari talabalari respublika fan olimpiadasini tashkil qilish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga binoan “Ingliz tili” (umumkasbiy) fani bo‘yicha talabalarning respublika fan olimpiadasining 2 bosqichi 2017 yil 12-13 may kunlari Samarqand davlat chet tillar institutida bo‘lib o‘tdi. Olimpiadaga respublikadagi 56 ta OTMlardan 56 nafar talabalar ishtirok etishdi.
IMG_8662 
IMG_8666 
IMG_8668 
Olimpiada natijasiga ko‘ra:
I – o‘rinni Shamsiddinova Shaxnoza Raxim qizi           — ToshJIDU;
II – o‘rinni Tuxtasinov Amirxon Nodirbek o‘g‘li             — O‘zDJTU;
III – o‘rinni Rabbimov Behzod Tal’atovich                   — SamDCHTI
IMG_8673
IMG_8675
13 may soat 16:00 da institut Faollar zalida xonasida g‘oliblarni taqdirlash va olimpiadaning tantanali yopilishi bo‘lib o‘tdi.
Olimpiada g‘oliblari va qatnashchilari hamda lmiy rahbarlari institut olimpiada tashkiliy qo‘mitasi tomonidan sovg‘alar, faxriy yorliqlar va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
IMG_8906 
IMG_8908 
IMG_8913 
IMG_8960 
IMG_8962 
Institutda olimpiadani o‘tkazishda ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor dots. Sh.Ashurov, ingliz tili fakulteti dekani f.f.n. A.Ismailov professor-o‘qituvchilari f.f.n. SH.Shomurodova, G.Obro‘eva, katta o‘qituvchilar N.Amriddinova, M.Ismatova, A.Shadibaeva o‘qituvchilar A.Amonov, U.Yarbekov, T.Akramova, E.Hayitova, U.Abduvaxobova, S.Shodiev, ilmiy bo‘lim boshlig‘i B.Turobov, ilmiy bo‘lim uslubchi O.Tollievlar faollik ko‘rsatdilar.

1 изоҳ

avatar
Тадбир жудаям ажойиб утди, ташкилотчиларга рахмат!
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.