топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

ILMIY SEMINAR

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги

2018 yil 6-fevral kuni mustaqil izlanuvchi Mardiyev To’lqin Kuliboyevichning “Ingliz va o’zbek tillarida inson tuyg’ulari ifodalanishining konseptual tahlili” mavzusida falsafa doktorligi ilmiy darajasi olish uchun yozilgan dessertatsiyasi bo‘yicha institut ilmiy seminarida chiqish qildi. Seminarda soha tegishli professor-o‘qituvchilar va doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda yosh professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Mustaqil izlanuvchi Mardiyev To’lqin Kuliboyevich mavzu bo‘yicha qisqacha ma’ruza qildi. Ma’ruzadan keyin seminar ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Seminar davomida uchinchi bosqich PhD doktoranti Halimova Feruza Rustamovna o’zining “Poetik matnning lingvofonetik xususiyatlari va tarjimaning pragmatik muammolari” mavzusi yuzasidan chiqish qildi. Mavzu boyicha professor-o’qituvchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Shu jumladan JizDPI tadqiqotchisi Rustamov Ilhom Tursunovich “Kichik janr matnlarining pragmatik — kognitiv va milliy madaniy mohiyati” mavzusida chiqish qildi va unga ham institut professr-o’qituvchilari tomonidan fikr va mulohazalar bildirildi.
Seminar yakunida soha olimlari tomonidan doktorlik dissertatsiyaning yutuq va kamchiliklari bo‘yicha fikr hamda takliflar berildi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.