топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Ilmga chanqoq yoshlar kelajak poydevori

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Bugungi kunda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor tahsinga loyiq. Respublikamizda yosh olimlar faoliyati va professor-o’qituvchilarning yoshlarga ta’lim berish jarayoni yildan yilga mukammal va chuqur bilim olishga katta ko’mak bo’lyapti.
Shu jumladan, Samarqand davlat chet tillar institutida olib borilayotgan ishlar bunga yaqqol misol bo’la oladi. Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri N.N.Suvonova tashabussi bilan kafedra qoshida magistratura talabalarining ilmiy seminari tashkil etilgan bo’lib, u muntazam faoliyat olib bormoqda. Ushbu seminarning navbatdagi uchrashuvida Lingvistika (fransuz tili) yo’nalishi magistrantlari Tolliyev Orif va Muqumov Toshqobillar o’zlarining dessirtatsiya mavzulari bo’yicha ochiq munozara o’tkazishdi.
Ochiq munozarada fransuz tili va adabiyoti kafedrasining yetakchi professor-o’qituvchilari va iqtidorli talabalari qatnashishdi. Ochiq munozarada ishtirokchilar maruzalar bo’yicha qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Seminar yakunida bo’lajak magistrlarga professor-o’qituvchilar tomonidan kerakli maslahatlar berildi. Ilmiy seminardan kutilayotgan natija avvalambor magistrantlarni o’z ustida ko’proq ishlash va bakalavr bosqichidagi talabalarga bakalavr diplomi himoyasi uchun mahorat maktabi vazifasini bajaradi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.