топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

IIV Akademiyasi tinglovchilari bilan profilaktik tadbir o’tkazildi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
2017 yil 12 may kuni Samarqand davlat chet tillar institutida O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tinglovchilari bilan uchrashuv tashkiletildi. 1
Uchrashuvni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov ochib, so’nggi vaqtlarda ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot tadbirlari ta’sirchanligi va samaradorligini oshirishda hamkor tashkilotlar bilan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilayotgani, bugungi tadbir ham ana shu maqsadda tashkil etilib, unga O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tinglovchilari taklif etilganini ta’kidladi va yig’ilganlarga mehmonlarni tanishtirib ularga so’z navbatini berdi.
 
2
3
O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tinglovchilari Sh.Xolboyev va S.Boboqulovlar so’zga chiqib, giyohvandlik, ichkilikbozlik va zaharvandlikning ijtimoiy-salbiy oqibatlari, bu illatlarning shaxs ma’naviyatiga va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillari, O’zbekiston Respublikasining bu borada qabul qilingan Qonunlari, Ichki ishlar va Sog’liqni saqlash vazirliklarining tegishli normativ-me’yoriy hujjatlari, giyohvand moddalarni muntazam ravishda iste’mol qilish natijasida kishi organizmiga, ruhiyatiga ta’sir qiluvchi og’ir oqibatlari to’g’risida o’z fikrlarini bildirib o’tishdi.
 
4
5
 
Shundan so’ng talabalarga O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasida yaratilgan sharoitlar, u yerdagi ta’lim yo’nalishlari, qabul qilish shartlari to’g’risida ham ma’lumot berib o’tildi.

2 изоҳ

avatar
Шунга ухшаган тадбирлар жудаям керак.
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.