топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Dolzarb masalalar muhokama qilindi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
2018 yil 18 iyul kuni institut rektori I.M.Tuxtasinov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish SamDChTIda ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo'yicha 2018-2019 o‘quv yiliga  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3775-sonli  Qarori bo‘yicha tasdiqlangan Xarakat dasturining bajarilishi asosida Yo'l xaritasida aks etgan vazifalar, hamda “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat Dasturi ijrosiga bag‘ishlandi.
Shunindek, joriy yil 25 iyun 6 iyul kunlari vazirlik huzurida tuzilgan komissiya tomonidan OTMdagi fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash (ma’naviy-ma’rifiy ishlar) bo‘yicha o‘rinbosari suhbatdan o‘tkazilganligi jamoaga etkazildi, K.Xakimov, U. Sattorov va U.Xasanov dekanning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o'qinbosari lavozimga tasdiqlandilar
Yig‘ilishda ma’naviy – ma’rifiy ishlar yo‘nalishidagi bo‘lim xodimlari, dekan muovinlari va jamoat tashkilotlarining etakchilari ishtirok etishdilar.



0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.