топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Bizni unutg‘onni unutmoq kerak...

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Zahiriddin Muhammad Bobur Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serjilo o‘zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, «Mubayyin», «Xatti Boburiy», «Harb ishi», Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo‘lib qo‘shilgan. Samarqand davlat chet tillar institutida o‘tkazilgan “Zaxiriddin Bobur zarchashmasi” mavzusidagi adabiy-badiiy kecha nafaqat ishtirokchilarning, balki tomoshabinlarning qalbida ham unutilmas iz qoldiradigan darajada shaklan va mazmunan yangicha talqinga boy bo‘ldi. Tadbirni ochib bergan institut ma’naviy-ma’rifi ishlar bo‘yicha prorektori v.v.b. A.Eshqobilov sahnaga chiquvchi har bir ishtirokchidan, ma’ruzachi va hatto savol beruvchidan ijodiy original savol berishni, har taklif, badiiy talqin yangicha, ta’bir joiz bo‘lsa, innovatsion shaklda bo‘lishini taklif qildi. Uning o‘zi taniqli shoir va yozuvchi, adabiyotshunos va tarjimon — “Boburnoma” asari haqida chet ellik olimlarning yangi fikrlarini, bu asarni “mutlaq matnlar” qatorida tahrir qilinishi, o‘zgartirilishi, qisqartirilishi mumkin bo‘lmagan, umumbashariy ahamiyatga ega matn sifatidagi nazariya bilan barchani qisqacha tanishtirdi. Shundan so‘ng sahnaga chiqqan ingliz tili fakulьteti talabalari Bobur g‘azaliga yangicha yondoshib akopella va jo‘rovoz akopella tarzida, institutda o‘rgatilayotgan o‘ntacha chet tillarida, o‘ta qiziqarli grim va sahna ko‘rinishlari orqali ijro etishdi. Natijada ma’naviy tadbirning ta’sirchanligi oshib, yoshlarning ma’naviy poklanishlari va ma’rifiy boyishlariga xizmat qiladigan sermazmun tarzda o‘tdi. Tadbir so‘nggida eng faol talabalar hamda ilg‘or tafakkurli yosh ustozlarga tashakkurnomalar va estalik sovg‘alari berildi.
92-scaled-1200x900
91-scaled-1200x900
90-scaled-1200x900
8-scaled-1200x900
7-scaled-1200x900
6-scaled-1200x900
5-scaled-1200x900
4-scaled-1200x900

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.