топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz!

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
2018 yil 6 iyun kuni Samarqand shahar konsert zalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining viloyat boshqarmasi va O‘zbekiston Musulmonlar idorasining viloyat vakilligi bilan hamkorlikda SamDCHTI professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari o’rtasida diniy ekstremizm, terrorizm va uning salbiy oqibatlariga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida “Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi.
Uchrashuvda institutimiz rektori I.Tuxtasinov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor v.b. A.Eshqobilov, viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri Boburxon Saydaliyev, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimi Xurshid Boyzoqov, viloyat prokuraturasi bo'lim boshlig‘i Fayzulla Egamqulov, viloyat IIB terrorizmga qarshi kurash bo‘limi xodimi Xolboev Shoxrux, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi viloyat vakilligi xodimi O‘tkir Umirqulovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan kelib chiqib, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va hushyor bo‘lishi haqida gapirib o‘tdi.
Tadbirda fakultetlar dekanlari, dekan o’rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar va talabalardan iborat 600 nafar ishtirokchilar faol qatnashishdi.




0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.