топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

AQSHning Vebster universiteti bilan Anglashuv Memorandumi imzolanishi kutilmoqda

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Shu kunlarda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi vakillari, O’zDJTU, TATU va SamDChTI rektorlari fan, ta’lim, ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish maqsadida AQSHning Webster universitetiga rasmiy tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida Webster universiteti hamda AQSHning bir qator universitetlari bilan hamkorlik yo’nalishlari bo’yicha muzokaralar olib borilishi va ular bilan Anglashuv Memorandumlari imzolanishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning may oyida Webster universiteti vitse-prezidenti Peter Maher va chet tillar fakulteti dekani Dje Kayzerlar SamDCHTIga tashrif buyurgandi. Rasmiy uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasalari o’rtasida kelajakda fan, ta’lim va ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlik aloqalarini o’rnatish borasida kelishuvga erishilgandi.




0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.