топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Amir Temur – buyuk jasorat sohibi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
2017 yil 11 aprel kuni institutda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 681 yilligi munosabati bilan “Amir Temur – buyuk jasorat sohibi” mavzusida madaniy tadbir o’tkazildi.
Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov kirish so’zi bilan boshlab, Amir Temurning hayoti va uning davlat boshqaruvida tutgan o’rni, diplomatik faoliyati, hukmronligi davrida Movaraunnaxrning gullab-yashnashi to’g’risida ma’ruza qildi.
1
2
3
4
Shundan so’ng ingliz tili fakultetining ingliz tili leksikologiyasi va stilistikasi kafedrasi tomonidan tayyorlangan bayram dasturi havola etildi. Bayram dasturida Amir Temurning hayoti va faoliyatidan sahna ko’rinishlari namoyish etildi, “Temur tuzuklari” asaridan parchalar o’qildi, mumtoz kuy-qo’shiqlar yangradi.
5
6
7
8
Tadbir so’ngida tashkilotchilar va faol qatnashgan o’qituvchi va talabalarga faxriy yorliqlar taqdim etildi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.