топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Akademik litsey va kasb hunar kolleji jamoasi Islom Karimovni xotirladi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
Samarqand davlat chet tillar institutining ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘z faoliyati jarayonida viloyatning turli jamoat tashkilotlari va ta’lim muassasalari bilan ham yaqindan hamkorlik qiladi.
Kafedra qoshida institut talabalrining “Yosh notiqlar” to‘garagi tashkil etilgan. Ushbu to‘garakka yosh murabbiy Sh. Sa’dullayeva rahbarlik qilib kelmoqda. To‘garak o‘z faoliyatini reja asosida muntazam davom ettirmoqda.
 
2017 yil 26-27 yanvar kunlari to‘garak a’zolari va kafedra o‘qituvchilari SamDCHTI qoshidagi 1-son akademik litsey va Tayloq tumanidagi Agrotadbirkorlik kollejida O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab tadbirlar tashkil etishdi. Tadbirlarda institut talabalari bilan birga litsey va kollej o‘quvchilari ham o‘zlari tayyorlashgan chiqishlar bilan faol ishtirok etishdi. 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.