топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Ajdodlar ruhi mangu barhayot

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
2016 yil 16 fevral kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag’ishlab  “Ajdodlar ruhi mangu barhayot” nomli madaniy tadbir tashkil etildi.
IMG_0947
IMG_0949
Tadbirni institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov ochib, buyuk o’zbek shoiri Zahiriddin Muhammad Bobur O’rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o’ziga xos o’rin egallagan adib, shoir, olim bo’lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda ekanligi, Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nom qozongani, serjilo o’zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olgani, uning nafis g’azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalaridan ekanligi to’g’risida ma’ruza qildi.  
IMG_0934
IMG_0971
Bobur haqida Samarqand davlat universiteti dosenti, Boburshunos olim A.Nosirov, roman-german tillari fakulteti dekani A.Shermatovlar ham fikr bildirishib, uning adolatli hukmdor,  mard va tadbirkor odam, san’atni, adabiyotni sevadigan, ko’p yaxshi fazilatlarga ega bo’lgan dilbar shaxs ekanligini ta’kidlashdilar.
IMG_0979
IMG_0990
Shundan so’ng roman-german tillari fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur havola etilib, unda Boburning yoshligi, uning Samarqand va hind zaminidagi hayotidan lavhalar hamda Boburning turli tillarga o’girilgan g’azal va ruboiylari, shuningdek, O’zbekiston davlat san’at va ma’daniyat institutining amaliyotchi talabalari tomonidan kuy-qo’shiqlar maromiga yetkazib ijro etildi.
IMG_0992
IMG_0993
Tadbirda Samarqand davlat universiteti qoshidagi 1-son akademik liseyning 6 nafar o’qituvchi va 60 nafar o’quvchilari ham ishtirok etishdi.
IMG_0945
Tadbir so’ngida bayram tashkilotchilari va talabalarga institut ma’muriyati tomonidan minnatdorchilik bildirilib, ularga faxriy yorliqlar topshirildi.
IMG_1038

2 изоҳ

avatar
Ajdodlar ruhi doim bizni qo'llaydi
avatar
Tadbir juda yaxshi o«td. Hammaga omad tilayman
Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.