топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

“30 iyun – Yoshlar kuni” bayrami o’tkazildi

Самарқанд давлат чет тиллар институти жамоавий блоги
2018 yil 30 iyun kuni “30 iyun – Yoshlar kuni” bayrami munosabati bilan Samarqand shahridagi Universitet xiyoboni va Alisher Navoiy istirohat bog’iga kirish joyida  Yoshlar sayli bo’lib o’tdi.
         Unda institut talaba-yoshlari, professor-o’qituvchilari va xodimlari faol ishtirok etdi.
         Bayramda kafedra ishlanmalari, innovasion loyihalar,  chop etilgan kitoblar, o’quv metodik ko’rsatmalar va boshqa ko’rgazmalar hamda xitoy, koreys, yapon, arab tili yo’nalishlari talabalarining o’sha millat milliy kiyimlaridagi chiqishlari namoyish etildi. Koreys tili ta’lim yo’nalishi talabalari tomonidan koreyscha kuylar chalindi.
         Shuningdek, sport o’yinlari (armrestling, tosh ko’tarish, arqon tortish) musobaqalari o’tkazildi. Sayl talaba yoshlar ko’nglida xushkayfiyat va vatanga muhabbat ruhini uyg’otib, institut tomonidan tashkil etilgan chiqishlar barchaga manzur bo’ldi.



0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.