топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

SamDCHTI talabalar turar joyida Zulfiyaxonim tavalludiga bag`ishlangan kecha

номли блог SamDCHTI-Tarjimon
01.03.2018 kuni SamDCHTI Talabalar turar joyida institut xotin qizlar qo`mitasi hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti Sharq tillari kafedrasi o`qituvchilari hamkorlikda o`zbek atoqli shoirasi Zulfiya tavalludiga bag`ishlab talabalar turar joyida yashovchi talaba qizlar bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o`tkazishdi. Tadbirni Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti xotin qizlar qo`mitasi raisi Z. Shukurova ochib berdi. Tadbirda ingliz tili va Roman-german tillari fakulteti xotin qizlar qo`mitasi raislari ham qatnashib talabalarga Zulfiyaxonim hayoti va ijodi haqida gapirib o`tishdi. Tadbirda TTJda isteqomat qiluvchi qizlar ham faol qatnashib, ikki guruhga bo`lingan holda Bahri bayt aytishishdi. 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.