топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

USTOZLAR XOTIRASI - SHOGIRDLAR ARDOG‘IDA

Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti
Илм-фан
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedrasi tashabbusi bilan ushbu ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida kafedraning sobiq dotsenti Salaxiddinov Alisher Agzamovich va katta o‘qituvchisi Egamov Bekmurod Turakulovichlarning xotirasini yod etish maqsadida 2018 yil 9 aprel kuni shaxmat, shashka bo‘yicha va 10-11 aprel kunlari mini futbol bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.
Musoboqalar SamDAQI  ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori rahbarligida “Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedrasi professor o‘qituvchilari, ma’naviyat va ma’rifat va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi, xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi, “Chet tillar” kafedrasi, yoshlar ittifoqi SamDAQI boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida o‘tkazildi. Tadbirga “Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedrasi sobiq dotsenti A.A.Salaxiddinov va katta o‘qituvchisi B.T.Egamovlarning ota-onalari va oila a’zolari taklif etildilar.
Shaxmat va shashka bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda 32 nafar talabalar, mini futbol bo‘yicha 18 ta jamoa qatnashib quyidagi natijalar qayd etildi:
SHAXMAT MUSOBAQASI BO‘YICHA SOVRINDORLAR:
    I o‘rin – 105-GKK guruhi talabasi Boltayev Ziyovuddin
    II o‘rin– 102-GKK guruhi talabasi Xasanov Otabek
    III o‘rin– 303-GKK guruhi talabasi Amirqulov Temur.
SHASHKA MUSOBAQASI BO‘YICHA SOVRINDORLAR:
    I o‘rin – 203-GKK guruhi talabasi Quvvatov Ilxom
    II o‘rin– 105-GKK guruhi talabasi Yoqubov Azamat
    III o‘rin– 201-GKK guruhi talabasi Imomov Sanjar.

MINI FUTBOL MUSOBAQASI BO‘YICHA SOVRINDORLAR:
   I o‘rin – 302-GKK guruhi talabalari
   II o‘rin – 301-GKK guruhi talabalari
   III o‘rin – 204-GKK guruhi talabalari
   IV o‘rin – 104-GKK guruhi talabalari.
Umumjamoa hisobida I,II,III va IV o‘rinlarni egallagan jamoalar va talabalar “Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalar kasaba uyushmasi, “Chet tillar” kafedrasi, yoshlar ittifoqi SamDAQI boshlang‘ich tashkilotining qimmatbaho sovg‘alari,  turli darajadagi diplomlar, “Faxriy yorliq”lar bilan taqdirlandilar hamda tashkilotchilarga va hakamlarga rahbariyat nomidan tashakkurnoma e’lon qilindi.

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.