топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

O'rta asrlarda Yevropada gigiena. Haqiqat va miflar. (Tarjima)

Qiziqarli faktlar!
Жамият

Yevropaliklar har doim Osiyo davlatlari va Rossiyani qoloq va varvarlar mamlakati deb hisoblashgan. Bizlar ham tez-tez ular haqida shunday deymiz.
Ko’pchilik qadimgi Yevropani go’zal xonimlar uchun jasorat ko’rsatuvchi oliyjanob ritsarlari, chiroyli qasrlari, nazokatli mushketyorlari, hashamatli saroy qabullari, xushbo’y hid taratuvchi Versal bog’lari bilan orzuqib tasavvur qilishadi. Ko’pchilik o’ylashadi: “Nima uchun men o’sha go’zal davrlarda tug’ilmaganmana? Nima uchun oliyjanoblik va go’zallikni unutgan zerikarli davrda yashayapman?”
 Ishoning – omadingiz kelgan.
19 asrgacha Yevropada daxshatli yovvoyilik hukmron edi. Kinolarda ko’rsatgani va kitoblarda yozgani haqida uniting. Haqiqatdan anchayin yiroq…xmm…badbo’yroq. Bu nafaqat qorong’u o’rta asrlarga xos. Madh qilingan uyg’onish va Renessans davridan beri umuman olganda hech nima o’zgarmagandi.
Yevropa tarixi badbo’ylik va nopoklik tarixi. Oddiy qilib aytganda. Qo’lansa hid yevropaliklarning kundalik hayotini qoplab olgandi. Shu sabab Versal saroyi ham oddiy odamlar kulbasidan kam sasimasdi.  Nima sababdan yevropaliklar rim termlaridan voz kechishdiyu, sharq xalqlari xammomdan cho’milishni keng yoyishdi? Yevropadagi badbo’ylikka kim aybdor?
“Parfyumer” asari bilan dong taratgan muallif Patrik Zyuskend ta’riflagandek yevropa shaharlarini daxshatli badbo’ylik egallagandi: “Ko’chalar ahlat hidi bilan sasirdi, peshob hidi bilan sasirdi, zinalar chirigan yog’och va kalamush ahlati bilan sasirdi, oshxonalar badbo’y ko’mir va qo’y yog’I hidi; shamollatilmagan mehmonxonalar qat-qat chang hidi bilan, yotoqxonalar isqirt choyshab, nam paryostiqlar va tungi tuvaklarning o’tkir-chuchmal shiptir hidlari bilan sasirdi.  Odamlar yuvilmagan kiyim va ter hididan sasirdi, og’izlaridan chirigan tish va oshqozinidan piyoz hidi anqirdi, qariyotganlar tanasidan eski pishloq va qatiq hidi hamda og’riqli shishlar bilan sasirdi. Daryolar sasirdi, maydonlar sasirdi, cherkovlar sasirdi, ko’prik taglari, xatto saroylar ham sasirdi. Qishin-yozin dehqonlar va ruhoniylar sasirdi, usta-shigirdlaru, ularning xotinlar sasirdi, hamma zodogon aslzodalar sasirdi, xatto qirolning o’zi ham sasirdi, sasiganda ham yirtqich hayvon kabi qirolicha qari eshkidek sasirdi.”
Balkim muallif ko’prirtirib yuborgandir? Chiroyli bo’yoqlar uchun o’zining hurmatga sazovor yevropalik ajdodlarini ayamagandir. “Shahar kambag’al uchun ham, boy uchun ham sog’lom muhit emasdi, negaki xatar kutmagan joyda ularning o’z uyida edi”, — viktoriya davri Angliyasini kundalik hayotini shunday ta’riflaydi Tanya Ditrich. 1862 yilda Rossiyada krepostnoy huquqini bekor qilishganda Charlz Darvin “Tayms”da har qanday yoshdagi ayollar uchun tavsiya e’lon qilgandi. Unda olim “kiyimlarda va devor qog’ozda  mishyak borligini aniqlash uchun ammiak yoki nashatir tomizib ko’rish kerak”.
Boshqa xatar ichimlik suvida yashiringan edi. 1866 yilda vabodan 20ming angliyalik o’ldi. “Vabo yomon havo tufayli kelib chiqadi, shu sababga ko’ra bezgak ham”, davom etadi Tanya Ditrich. “Aynan rimliklar tomonidan ikki ming yil oldin Angliyada birinchi kanalizatsiya qurilgandi, chunki ular qulansa hiddan qutilishga harakat qilishgandi, o’sha davr tibbiyot no’qtai nazaridan ham bu sog’liq uchun xavfli hisoblanardi”. Tozalikning o’zi emas, aynan badbo’y hid barcha kulfatlar sababi deb hisoblashardi. Viktoriya davridagi londonliklarning bunday xulosaga kelishiga anchayin asos bor edi, yopiq kanalizatsiya quvurlari qurulgunga qadar ochiq oqova ariqlarda har kuni 24 tonna ot go’ngi va bir yarim million kub fut odam ahlati kunora Temzaga oqib tushardi”. Bu Sherlok Xolms doctor Vatson bilan jinoyatlarni ochib yurgan vaqt edi.
Qirolicha Margo va uch mushketyor davrida qanday bo’lgandi? Avvalroq yanada yomonroq edi. Nafaqat Albion-orolida, qit’ada ham. Fransiyaning qadimgi poytaxti Lutetia lotinchada “ifloslik” ma’nosini beradi. Keyinroq rimliklar uni “parisielar shahri” (Civitas Parisiorum) deb atashdi va u yerda termlar, amfiteatr va akveduklar qurishdi. Rus qiroli Pyotr o’qishga brogan Niderlaniyada, texnik jihatdan eng yetakchi davlatda, “1660 yilda xamon ovqat stoliga qo’l yuvmasdan o’tirishardi, hozirgina nima ish qilganiga qaramasdan”. “Rembrandt davrida Gollandiyaning kundalik hayoti” asarini yozgan tarixchi Pol Zyumtor qayd qilgandek: “xizmatkorlar olib kanalga tukib kelmasa tungi tuvaklar butun umr karovat ostida turardi”. “Jamoat xamomlarini deyarli bilmasdi, davom etadi Zyumtor. – 1735 yilda hamki xamon bunday binodan bitta bor edi. Butun a’zoyi badaniga baliq hidi singib ketgan dengizchi va baliqchilar chidab bo’lmas badbo’ylik taratardi, shaxsiy xojatxonalar faqat dekorativ xarakterga ega edi xalos”.
“Suvli vanna tanani isitadi, ammo organizmni bo’shashtiradi va teridagi teshikchalarni kengaytiradi, shu sabab kasallik qo’zg’ashi xatto o’limga olib kelishi mumkin”, deb ta’kidlagandi XV asrdagi bir tibbiyot teraktida. XV-XVI asrlarda boy shaharliklar yilda bir marta yuvinishardi, XVII-XVIII asrlarda butunlay vanna qabul qilishni to’xtatib qo’yishdi. Ba’zida suvli vanna faqat davolash maqsadidagina qo’llanardi. Davolashga yaxshilab tayyorlanib oxirida klizma qo’yishardi.
Fransuz qiroli Lyudovik XIV hayotida atiga ikki marta cho’milgan – u ham bo’lsa vrachlar tavsiyasiga ko’ra. Yuvinish monarxda shunday daxshatga soldiki, hech qachon vanna qabul qilmaslikka ont ichdi. 
Ispaniya qirolichasi Izabella Kastilskiya umr bo’yi ikki bor yuvingan – tug’ilganida va to’yi kuni.
Mashxo’r ofatijon qirol Genrix IV umr bo’yi uch marotabo cho’milgan unda ham ikki martasi majburlikdan. Fransuz qirollarining birini qizi bitlab ketganidan vafot etgan. Papa Kliment V dizenteriyadan o’lgan bo’lsa, Kliment VII va qirol Filip II qichimadan o’lgan.
Norfolk Gersogi guyo diniy e’tiqod tufayli yuvinishni rad qilgan va uning tanasi yiringli fasodlar qoplangandi
 
Lyudovik XIV qasridagi rus elchisi shunday yozgandi oily hazratlari “yovvoyi hayvon kabi sasirdi ”. Ruslarning o’zini esa butun Yevropada telba kabi tez-tez — oyda bir marta xamomga kirgani uchun ahloqiy buzuq deb hisoblashardi.
O’sha notinch davrlarda o’z tanasiga e’tibor qilish gunoh hisoblanardi. Xristian din targ’ibotchilari hech bir mubolag’asiz  juldir keyinib hech ham yuvimaslikni targ’ib qilardi, shu tariqa diniy poklanishga erishish mumkin derdi. Yuvinish yana shuning uchun mumkin emasdiki, chuqintilganda tekkan muqaddas suvni yuvib yuborish mumkin edi. Natijada odamlar yillab yuvinmasdi yoki umuman suvni bilmasdi. Ifloslik va bit muqaddaslik asosiy alomati edi. Rohib va rohibalar shu tariqa Xudoga xizmat qilib boshqa xristianlarga munosib namuna ko’rsatishardi.
            Tozalikka nafrat bilan qarashardi. Bit “Xudoning duri” deb atardi va muqaddaslik alomati deb hisoblardi. Dindorlar erkaklari ham, ayollari ham odatda ularni oyog’iga umuman suv tegmaganligi bilan aytib maqtanishardi, istisno tariqasida daryoni kesib o’tishini hisobga olmaganda.
            Odmlar shunchalik suvda yuvinishni sedan chiqarishgandiki, doctor F.E. Bilts XIX(!) asrdagi masxo’r tibbiy darslik kitobida odamlarni cho’milishga undagandi. “Rostini aytganda daryoda, yoki vannada cho’milishga jur’at qilolmaydigan odamlar bor, negaki ular yoshligidan hech qachon suvga tushishmagan. Bu qo’rquv asossiz,” — deb yozadi Bilts kitobida “Yangi tabiiy davo – beshinchi yoki oltinchi bor cho’milgandan keyin bunga ko’nikish mumkin…” Doktorga ko’pchilik ishonishmasdi…
            Atirlar – muhim yevropa kashfiyoti – dunyoga aynan xamomlarning yo’qligi ta’siridan kelib chiqqan. Fransuz attorlarining birinchi vazifasidan biri – yillab yuvilmagan tanadagi qulansa hidni o’tkir va ancha saqlanib qoluvchi atirlar bilan niqoblash edi.
            Quyosh-Qirol bir kun tongda yomon kayfiyatda o’yg’ondi (bu uning ertalablari odatdagi holati edi, chunki Lyudovik XIV qandala tufayli uyqusizlikdan aziyat chekardi),  butun saroy ahliga atir sepishni buyurdi. Gap Lyudovik XIV farmoni haqida ketayapdi, unda aytilishicha saroyga tashrif buyurganda tanasi va kiyimidagi badbo’ylikni berkitish uchun o’tkir atirlarni ayamasliklari kerak.
            Ko’pchilik zodogonlar badanini kirdan atir simdirilgan lattalar bilan artinib tozalashardi. Qo’ltiq va chov orasiga atirgul suvi bilan namlash tavsiya qilingandi. Erkaklar ko’ylak va nimcha orasida xushbo’y o’simlik xaltachalarini osib yurishardi. Xonimlar istisno tariqasida xushbo’y upalarnigina ishlatishardi.
            Avvaliga bu “hid taratuvchi aralashmalar” anchayin tabiiy edi. O’rta asrdagi yevropalik xonimlar tabiiy tana hidi xirsni qo’zg’atishini bilishardi, shu sabab xohlagan kimsasini e’tiborini tortish uchun o’z shirasini atir kabi tanasi va quloqlari ortiga surkashardi.
            Xristianlikni kirib kelishi bilan yevropaliklarni bo’lajak avlodlari tungi tuvaklarga yuzlanib yuviladigan xojatxonalarni bir yarim ming yilga unutishdi.
            Bir necha marta ziyoli rimliklar tomonidan varvar Yevropada akveduklar va term-xamomlar qurqagnligi ta’kidlashgan. Ular qayerga yo’qoldi?  Ba’zi tadqiqotchilar aybni xristianlikka to’nkashadi. Axir birgina Rimning o’zida mingdan oshiq termlar bor edi, ammo hokimiyat tepasiga xristianlar kelishi bilan ularning hammasini berkitishdi. Emishki yahudiylarning, keyinroq musulmonlarning diniy tahorati xristianlarni g’ashiga tegardi. Apostol qoidalariga ko’ra xristianlarning yahudiylar bilan bir xamomda cho’milishi taqiqlangandi.  Haqiqatdan, passport beshinchi grafa bilan baxslashib bo’lmaydi, sunnat qilinganmi yoki yo’qmi, lupa bilan qaralmaydiku – mochalka bilan tumshug’iga tushirib qolish mumkin. Eng osoni ularni yopib qo’ya qolish. Xamomda yuvinish odatini bu odat bilan Sharqda to’qnash kelgan salibchilar qayta jonlantirishga harakat qilishdi. Reformatsiya shamoli bu harakatlari tamplerlar gulhani tutuni kabi tarqalib ketdi
            Unutilgan kanalizatsiya vazifasini axlatlar uyumini daryoga oqizuvchi ko’chadagi ariqlar bajarardi. Antik taraqqiyot ne’matlari  haqida unutishdi, odamlar endi xojatini to’g’ri kelgan joyda bajarishardi. Masalan, qasr yoki qal’ani tantanali zinalari ostida. Fransuz qirollari vaqti-vaqti bilan u qasrdan bu qasrga ko’chib yurardi, chunki qasrda umuman nafas olib bo’lmay qolardi.
            Fransuz qiroli Lyudovik IX (XIIIasr) deraza ostida o’tayotib tashlangan ahlatdan bulg’angandan keyin Parij ahliga deraza orqali faqatgina avvaldan uch martaba “Ehtiyot bo’ling!” deb qichqirgach ahlat uloqtirishga ro’xsat berilgan. Taxminan 17 asrda boshni najasdan himoya qilish uchun bari keng shlyapa o’ylab topilgan. Avvaliga reverans shunchaki axlatga bulg’angan sassiq shlyapani xonimlarni sezgir burnidan uzoqlashtirish maqsadida edi.
            Fransuz qiroli saroyi Luvrda birorta ham xojatxona yo’q edi. Xovlida, zinalarda, balkonlarda xojatini chiqarib ketishaverardi. Mexmonlar, saroy ahli va qirol “zaruriyat” kelib qolsa yo keng deraza rafiga o’tirishar, yoki “tungi tuvaklar” keltirishardi, tuvaklar keyin saroyning orqa eshigidan to’kilardi.  Versalda ham xuddi shunday ahvol edi… misol uchun Lyudovik XIV davrida, gersog de Cen Cimon memuarlari orqali yaxshi ma’lum bo’lgan. Saroyi xonimlari Versal saroyida to’g’ri suhbat o’rtasida (ba’zan xatto kapella yoki sobordagi messa vaqtida ham) turardi va tortinmasdan burchakka o’tib o’zlarining kichik xojatini chiqaraverardi. Quyosh-Qirol, boshqa qirollar kabi saroy ayonlariga Versalda va boshqa saroylardagi har qanday burchakni xojatxona sifatida  o’z xojatini chiqarishga ro’xsat bergandi. Qasr devorlariga og’ir pardalar(porterlar) qoplangandi, koridorlar kamgaklarga bo’lingandi. Ammo undan ko’ra xovlida biror xojatxona qurgan yaxshiroq emasmidi yoki parka yugurgan? Yo’q, bunday nersa hech kimni hayoliga kelmasdi, chunki soqchilikda An’anaviy – diareya turardi. shafqatsiz, bo’ysinmas, hammani qayerda bo’lsa ham, qachon bo’lsa ham g’aflatda qoldiruvchi. O’rta asrlarga xos ovqat sifati ich ketishni asosi edi. Shu sababga ko’ra ham  o’sha yillarda birgina vertical lenta va bir necha qavatdan tashkil topgan, oyoqlari qismachali pantalon-ishtonlar urf bo’lgandi. Parij modasi bo’lgan katta-keng yubkalar ham shubhasiz, shu sababga ko’ra chiqqandi. Garchi yubka boshqa maqsadda ham foydalanilardi –go’zal xonimlarni burgalardan himoya qilish uchun ostida kuchukchani yashirishardi.
            Tabiiyki, xudojuy odamlar faqat xudo yordamida ichini bo’shatishni afzal bilardi – venger tarixchisi Ishtvan Rat-Veg “Komeniya kitobi”da ibodat kitobidan duolardan birini keltiradi: “Nokamtarona istak, taqvodor va tavba qilishga tayyor har kungi, turli sababga ko’ra”,  “Tabiiy xojatga jo’nash uchun duo”.
            O’rta asr Yevropa shaharlari kanalizatsiyalarga ega bo’lmasada qasr devorlari, ximoya xandaqlari va suv bilan to’ldirilgan ariqlariga ega edi. U “kanalizatsiya” vazifasini bajarardi. Devorlardan xandaqlarga ahlatlar uloqtirilardi. Fransiya bo’ylab qasr devorlari ortidagi axlat uyumlari shunchalar o’sib borardiki, devorlarni yanada ko’tarishga to’g’ri kelardi, shu kabi holat Parijda bo’lgandi, najas va xlatlar shu darajada to’planib devordan ham baland bo’lib ketib ortiga tusha boshladi, xavli jihati bu ahlatlar uyumi ustidan dushmanlar bemalol shaharga kirishi mumkin edi.
            Ko’chalarda ahlat uyumlar shu darjada ko’p ediki, ularni bosmasdan o’tib bo’lmasdi. Aynan o’shanda bizgacha yetib kelgan qo’lyozmalarga ko’ra, ko’pgina nemis shaharlarida yog’ochoyoq shaharliklarning “bahorgi oyoq kiyimi”paydo bo’ldi, busiz shahar ko’chalaridan bemalol yurib bo’lmasdi.
Yevropalik arxeologlar ma’lumotiga ko’ra XIV-XV asrlarda haqiqiy fransuz ritsarlari o’rtacha bo’yi 160 santimetrdan deyarli oshmasdi (o’sha vaqtlarda aholining o’zi past bo’yli bo’lishgan). Soch-saqol olinmagan, yuvilmagan bu “go’zal” yuzi chehcak bilan cho’tir bo’lib ketgan (o’shanda Yevropaning deyarli barcha kishisi bu bilan kasallangandi). Ritsar shlemi ostidan zodogonlarning iflos sochlari osilib turar, kiyimlari taxida ko’plab bit va burgalar uymalanishardi. Mana qanday bo’lgan ular. Ritsarlar og’zidan shunaqa qulansa hid kelardiki, zamonamiz ayollari uchun nafaqat o’pich, xatto yonida turish ham jirkanchli bo’lgan bo’lardi (zero o’shanda hech kim tishini yuvib tozlamasdi). O’rta asr ritsarlari hammasi nordon pivoni ichib gazaagiga sarimsoqni yeyishardi – dezinfeksiya uchun. Bundan tashqari ritsarlar safarga chiqqanda sutkalab latlariga mahkamlangan, xohlasa ham birovni yordamisiz yecholmaydigan sovutlarga o’ralgan bo’lardi. Sovutlarni keyish va yechish bir soatga yaqin vaqt olardi, ba’zida unda ham ko’p. Turgan gap oliyjanob ritsar o’z xojatini shu sovutda turgan holda bajarardi
            Ba’zi tarixchilar hayratlanishadi, nima uchun Salloh-ad-Din askarlari osonlik bilan topishgan javob birdan keladi – hididan.
            Agar o’rta asr boshlarida Yevropada asosiy ozuqa cho’chqayong’oq bo’lgan bo’lsa, bu nafaqat kambag’allarning boylarning ham, oxirida (ba’zi yillarda, ocharchilik bo’lmaganda) turli xil bo’lib bordi. urf bo’lgan va qimmatbaho ziravorlar nafaqat boylik namoyishi edi, ular ham go’sht va boshqa mahsulotlar hidlarni berkitardi
            O’rta asrlarda Ispaniyada ayollar bitlamaslik uchun tez-tez boshini sarimsoq bilan ishqalardi. Rangpar oqish ko’rinish uchun xonimlar sirka ichishardi. Kuchukchalar tirik burga tutgich ishidan boshqa yana bir usul bilan ayollar go’zalligiga hissa qo’shardi: o’rta asrlarda it peshobidan sochlarni rangsizlantirishda ishlatishardi.
            Zaxm XVII-XVIII asrlarda qonuniy urf edi. Gezer yozgandi, zaxm tufayli boshdagi va yuzdagi barcha tuklar to’kilib ketadi. Kavalerlar esa o’zini xonimlarga butunlay xavfsiz ekanligini va hech nima bilan kasallanmaganini isbotlash uchun uzun soqol va muylovlar o’stirardi. Qandaydir sababga ko’ra bu qo’lidan kelmaganlar pariklarni o’ylab topishgandi, juda ko’p sonli jamiyatning yo’qori tabaqalaridagi zahmga chalinganlar orasida, Yevropa va Shimoliy Amerikada bu tezda urfga kirib ketdi. Sokrat kabi kallar bizning kunimizgacha hurmat-ehtiromdan quruq qolishdi.
            Xristianlar tomonidan mushuklarni yo’q qilinishi tufayli butun Yevropa bo’ylab kalamushlar o’lat burgalarini yoyishdi, bundan yarim Yevropaliklar o’lishdi. O’z-o’zidan yangi, juda zarur kasb kalamush tutuvchilik paydo bo’ldi. Hukumat bunday kalamush tutuvchi odamlarni iblisga aloqador deb izohladi va shu sabab cherkov va inkvizitsiya har bir qulay fursatda ulardan qutilishardi, shu tariqa o’z qavmini ochlik va vabodan o’lib ketishiga sabab bo’ldi.
            Burga bilan kurash usuli juda passiv edi, misol qashlagich-tayoq. Saroy a’yonlari hasharotlar bilan o’zlaricha kurashardi – Lyudovik XIV tushlik qilayotganda qirol burgalarini tutish uchun maxsus mahramlar turardi. Boy xonimlar “zoopark”ni boqib ko’paytirmaslik uchun tayinchoqligi uchun bit ilashmaydi deb tahmin qilib ipak ichki kiyimlar kiyib olishardi. Shu tariqa ipak ichki kiyimlar paydi bo’ldi, zero haqiqatdan ipakka bit va burgalar yopishmaydi. Sevimli trubadurlar (maddohlar) burgalarda qon aralashishi uchun o’zlaridan burgani terib olib xonimlarga o’tkazishardi.
Ingichka guldor oyoqli va ustiga chodir yopilgan karavotlar o’rta asrlarda muhim ma’no kasb etadi. Chodirli karavotlarning keng tarqalishi amaliy maqsadi – qandala va boshqa hasharotlardan shiftdan yog’ilmaslik uchun edi. Qizil yog’ochdan mebelni mashxo’r bo’lishiga sabab unda kana, qandalalar ko’rinmasligi deb hisoblashadi.
O’zi bilan bit va qandalani boqishni “xristianlik jasorati” deb hisoblashardi. Muqaddas Foma izdoshlari, xatto kamroq tarafdorlar ham undagi kir va bitlarini ham ko’klarga ko’tarishga tayyor edi. Bir-biridan bitni izlash (aynan maymunlarga o’xshab) – o’z mavqeni ifodalash ma’nosini berardi.
O’rta asrlardagi bitlar xatto siyosatda ham faol ishtirok etardi – Gurdenburg shahrida (Shvedsiya) oddiy bit (Pediculus) shahar merligi saylovlariga faol qatnashchi bo’lgan. O’sha vaqtdagi yo’qori lavozimga nomzodlar butun yuzini soqol qoplagan odamlar bo’lishi kerak. Saylov quyidagi tarzda o’tkazilgan. Merlikka nomzodlar stol atrofida o’tirishadi va soqollarini unga yoyishadi. Keyin maxsus tayinlangan odam stol o’rtasiga bitni tashlagan. Hasharot birinchi kimni soqoliga o’rmalasa, o’sha saylangan mer deb hisoblanardi. 
Gigienani mensimaslik Yevropaga juda qimmatga tushdi: XIV asrda vabodan (“qora o’lat”) Fransiya aholisining uchdan biri, Angliya va Italiyaning esa – yarmigacha qirilib ketdi.
Yordam berish uchun tibbiy vositalar judayam ibtidoiy va qattiq edi. Ayniqsa xirurgiyada. Misol, a’zolarni amputatsiya qilishda “og’riq qoldiruvchi” vosita sifatida og’ir yog’och bolg’a ishlatilardi, “yog’och to’qmoq”  bilan bemor boshiga urib xushidan ketkizardi, bu kutilmagan boshqa oqibatlarga olib kelardi. Yara qizdirilgan temir bilan kuydirilardi yoki qattiq qaynagan suv yo qaynayotgan smola qo’yishardi. Kimni faqat bavosili bo’lsa omadi kelgandi, o’rta asrlarda uni qizigan temir bosish bilan davolashardi. Demak, — olovli shtirni orqangga ol – va sen ozodsan. Sog’lom. Zahm odatda simob bilan davolanardi, o’z-o’zidan yaxshi natijaga olib kelmasdi. Klizma va simobdan tashqari hammani qatorasiga davolashni asosiy universal usuli qon chiqarish edi. Kasallik iblis tomonidan yuborilgan hisoblanardi va uni haydash kerak edi – “yovuzlik tashqariga chiqishi kerak”.  Qonli xurofot asoschilari monaxlar edi – “qon oluvchilar”. Barchani qonini chiqarishardi – jinsiy maylga qarshi kurashish vositasi sifatida, davolash uchun va umuman sababsiz ham – calendar bo’yicha. “Rohiblar o’zlarini davolash san’atida bilimdon deb hisoblashardi, to’liq huquq bilan tavsiyalar berishardi”. Asosiy muammo bunday davolashni eng xato mantig’I – agar bemor ahvoli yaxshilanmasa, birgina xulosaga kelishardi – qon judayam kam chiqarilgan. Qon yana va yana chiqarilardi, bemor qon ko’p yo’qotishdan ulmaguncha. Barcha kasalliklarni davolashda sevimli usul hisoblangan qon chiqarish, ehtimol vabodan ham ko’p hayotni olib ketgan.
O’rta asrlar yevropasida xirurgiya ham bor edi. Xatto agarda xirurg tez kesishni o’rgangan bo’lsada – ular bunga harakat qilishardi, Gippokrat aytgandek: “og’riq berishqisqa muddatda bo’lishi kerak, bu esa kesish tezda bajarilsa bo’ladi” – og’riq qoldiruvchi bo’lmaganligi tufayli xatto xirurgni virtuoz texnikasi ham kam holatlarda yordam berardi. Qadimgi Misrda eramizgacha V-III ming yilliklarda ham og’riq qoldiruvchilardan foydalanishgan. Anesteziya Qadimgi Gretsiya va Rimda, Qadimgi Xitoy va Hindistonda mehrigiyoh, belladonna, afyun va boshqalar yordamida qilinardi, eramizgacha XV-XIII asrlarda shu maqsadda birinchi marta alkagol islatilgan. Ammo Xristian Yevropasida bularni bari haqida unutishgandi.
 O’rta asrlarda murdalarning tuyilgan ustixonidan dorilar keng tarqalgan edi. Garmann shunday retsept kelttiradi “ilohiy suv”, o’zining mo’jivaiy xususiyatiga ko’ra shunday atalgan: tirik vaqtida juda sog’lom bo’lgan, ammo majburiy o’ldirilgan murda tanasi butunligicha olinadi; goshti, suyaklari, ichki a’zolari mayda bo’laklarga bo’linadi; hammasi haydash apparatiga solinib aralashtiriladi va suyuqlikka aylantiriladi. Atayin o’limni mensimaslik va foniy dunyoga nafrat odam bosh chanog’I kabi modani paydo qildi. Tarixchi Rat-Veg 18asrda Yevropada keng tarqalgan bunday odatdan hayratga tushgan: “Tasavvur qilish qiyin, odam bosh chanog’I qachondir moda predmeti bo’lganligini.  G’ayritabiiy moda 1751 yilda Parijda tug’ildi. Oqsuyak xonimlar bosh chanog’ini pardoz stoliga qo’yishib, rangli lentalar bilan bezashar, yonayotgan sham qo’yishar va vaqti-vaqti bilan chuqur mushohadaga cho’mishardi”. Ammo bunga unchalik hayron qolmasa ham bo’ladi – odam qoldiqlariga bunday munosabat ildizi chuqur ketgan. Xristianlar ming yillab ajdodlari qudratiga sajda qilib kelgan. Ma’lumki, birinchi xristianlar murdalar to’lib toshgan katakombalarda yashagan. Majusiylar uchun bu madaniyat qabul qilib bo’lmasxolat edi. Sardlik Yevnapiy IV asrda majusiylar ibodatxonasi Serapis xristianlar tomonidan bulg’anganligi tasvirlagan: “Ular bu muqaddas joyga garchi odam ko’rinishida bo’lsada, jinoyati uchun sud qaroriga ko’ra qatlga hukm qilingan odam ustixonlari va bosh chanog’ini teruvchi, ularni xudo deb ulug’lab va ular oldida sajda qiluvchi monax deb atalgan kimsalarni olib kelishdi”.  Bu o’lik tanalar kult hamda yevxaristiya kulti, Cherkov 17 asrda ham Yevropa xalqini bosh chanoq va barmoq suyaklari uni sog’liq uchun foydali degan narsaga ishontirishga erishdi. Kuydirilgan suyaklardan baxtli juftliklar va oshiq-ma’shuqlar hirsni junbushga keltiruvchi ichimliklar tayyorlashardi.
“Inson terisidan muqova” so’zi Buxenvalde terisidan abajur degandek tashviqot edi. Ammo nom qozongan abajurni izlasang hech qayerda yo’q, biroq bu “ig’vo” prototipi to’liq haqiqiy edi. Inson terisidan muqovalangan kitoblar kutubxonalarda yetarlicha topiladi. Inson terisiga o’ralgan kitoblar yoki pergamentlar odam terisini oshlash (va boshqa a’zolarni asrash) bilan keng shug’ullana boshlagan o’rta asrlarda paydo bo’ldi. Bu kitoblar bizgacha yetib kelmagan bo’lsada, ba’zi bir tarixiy ma’lumotlarga taalluqli  XIII asrga tegishli Bibliya va uning matnlari Decretals (Katolik cherkov huquqi) odam terisiga yozilgan. Inson terisi bilan muqovalangan hujjatlar ichida – Inson Huqulari  va 1793 yildagi fransuz Konstitutsiyasining bir necha nusxasi bor.
O’zining majusiylarga qarshi muqaddas kurashi bilan keng mashxo’r bo’lgan Ispaniyalik buyuk inkivizitor  Tomas de Torkvemada (1420-1498), Kramer va Shprenger bilan o’ziga xos “Inkivizitsiya yuzi” bo’ldi. Torkvemada haqiqiy xristianga hos insonparvarligi bilan gulhanda 10220 odamni yoqdi. Boshqa tomondan haqiqatda qancha ko’proq odam qurbon qilinganligi ham unchalik ma’lum emas. “jamovaiy foydali” hukmlari bilan Ispaniyada tashkil topgan “iqtisodiy inkvizitsiya” tiriklayin yoqish hayajonini ham bosib ketdi. Masalan aynan o’sha Torkvemada tomonidan galeraga hukm qilinganlar soni 97371 kishi. Aynan galerada majusiylar Xudo oldida o’z gunohini yuvishi kerak edi. Tomas Torkvemada Izabella (o’sha hayotida ikki marta cho’milgani bilan gerdayuvchi) Kastilskiyning erkatoy piri edi. Cherkov “haqiqiy” dushmanlariga munosabatda (ya’ni, misol uchun o’z aybini tan olmagan yoki o’z oilasini, qarindoshlarini va do’stlarini yashirishga jur’at etsa ) Inkivitsiya murosasiz edi – faqat gulhan.
Qolga majusiylar har doim tanlov bo’lardi: olovda tez o’lim (o’shanda ancha tez edi – nam o’tinlar bilan yoqishni xristianlar keyinroq o’ylab topishdi) yoki galera. Galeraga surgun umuman olganda o’lim jazosi bilan bir xil edi farqi bir oz muddat berilardi – ko’pchilik umrbod hukm qilinganlar surgunning ikkinchi yiliga bormay o’lib ketardi.
Pravoslav Rusda azaldan xamomni afzal bilishardi. Bu majusiy xudolarga atalgan yagona “xilvat” go’sha edi. Bekorga qizlar bu yerga fol ochishga kelishmaydi, xochni, tilla taqinchoqlarni yechib, ammo yog’och bilakuzuklar  yoki bog’ichlarini qoldiradi. Moskva Patriarxining tashqi cherkov munosabatlari xodimi Vsevolod Chaplin tan oldiki “bugungi kunda doimo ham qo’llab bo’lmaydigan kanonik huquqlar bo’yicha cherkov katta qiyinchiliklarni boshdan o’tkazayapti. Boshqachasiga hammani cherkovdan ayirish kerak. Agar pravoslav xamomga borsa yonida yahudiy bor yo’qligiga ko’z-quloq bo’lishi kerak. Chunki kanon qonunlarga ko’ra yahudiy bilan bir hamomga kirmaslik kerak”. Biroq pravoshlavlar o’zlarining majusiylik ildizlarini tagi bilan sug’irishga shoshilgan, ifloslikka botgan va qulansa Yevropadan farqli o’laroq, xamomda yuvinishgan va cho’milishayapti, chunki majusiylikni ildizi bilan qurita olishmadi…
Ssilka ko’p, originali noma’lum. Olingan joyi  – vsegda-tvoj.livejournal.com/8976610.html

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.