топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Kosmonavtlar haqida qiziqarli dalillar

Qiziqarli faktlar!
Жамият
* Birinchi o’zbek fazogiri Solijon Sharipov ikki marta fazoga chiqqan bo’lib, 2008 yilda kosmonavtlik faoliyatini yakunlagan. 
* Kosmonavtlar ish davomida asbob-uskuna yoki boshqa narsalarni havoda tashlab ketaveradilar ya’ni kerakli narsalar havoda muallaq uchib yuraveradi. Ishni tugatgach, narsalarni yig’ishtirib olaveradilar. Kosmonavtlar yerga qaytgach bir muddat fazodagi kabi narsalarni stolga emas havoga tashlab ketish odatini tark eta olmas ekanlar. 
* Fazoda suvdan foydalanish yerdagiday emas. 200 ml. suv bilan butun badanni yuvib chiqish mumkin, lekin hech qayer ho’l bo’lmaydi. Suv esa havoda muallaq qolaveradi. 
* Deyarli barcha kosmonavtlar «kosmik kasallikka” duchor bo‘lishadi. Bu kasallik yoqimsiz xissiyotlar, ichki quloq noto‘g‘ri signallarni olishi natijasida kelib chiqadi. Kasallik bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynash bilan namoyon bo‘ladi. 
* Vaznsizlik holatida inson organizmdagi suyuqlik tepaga qarab xarakatlanadi buni natijasida burun bekilib qoladi. Yuz qismi shishib qoladi. Suyaklar kalsiy yo‘qotishni boshlaydi. Ichaklarni faoliyati sekinlashadi. 
* Xurrak otuvchilar koinotda xurrak otmas ekanlar. 
* Orbitada tez uxlash juda qiyin, chunki kuniga quyosh chiqishini 16 martda ko‘rish natijasida biologik sikl o‘zgaradi. 
* Fazogir Djon Glenn o‘z vaqtida chaynalgan taomlari yutishda qiynalardi, bunga sabab tortilishi kuchini yuqligida edi. Birinchi astronavtlarni kubik briketlarda va tyubiklarda bo‘lgan taomlar bilan ta’minlashardi. 
* Zamonaviy fazogirlar taomlarga qo‘shimcha sifatida suyuq garimdori va tuzni ishlatishlari mumkin. Qattiq granulalar uchib ketib ventilyatsiyaga yoki inson ko‘zi va burniga kirishi mumkin. 
* Kosmonavtlar yerga qaytishganidan so‘ng qo‘l oyoqlarini deyarli qimirlata olishmaydi. Shu sababli qo‘nish ularda ikkinchi tug‘ilish deb ataladi. 
* Rossiyalik kosmonavtlar Oleg Kotov va Sengey Ryazanskiy bu yilgi birinchi ochiq kosmosdagi chiqishlarini yakunlashdi. Ular XKS tashqarisida olti soat ichida foto va videokameralar o‘rnatishdi. Ular kechayu-kunduz yer tasvirini uzatib turishadi. Endi yerdagi barcha aholi o‘zlari yashab turgan sayyorani internet orqali tekinga kuzatish imkoniga egalar. Ammo, vaqti-vaqti bilan texnik sabablarga ko‘ra ko‘k ekran paydo bo‘lishi mumkin.
 
 

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.