топик, блог, фотосет ёки йўналтиргич яратиш

Kelajak texnologiyalari

Qiziqarli faktlar!
Жамият
Texnologiyalar doim o‘zgarib, almashinib turadi — shu jihati bilan ham ular ajoyibdir. Har yili yangi texnologiyalar paydo bo‘ladi va biroz vaqt o‘tib, asosiy oqimga qo‘shilib ketadi. Masalan, aqlli soatlarni olib ko‘raylik. Ikki yil avval ular prototip edi. Keling, yaqin vaqt mobaynida yana qanday texnologiyalar meynstrim bo‘lishi haqida fikr yuritaylik.
akt_4_11_2014
Aqlli soatlar
Google Glassnima ekanligi ko‘pchilikka ma’lum, ayrimlar uni sinab ko‘rishga ham ulgurganlar. Turli baxs va tortishuvlarga qaramay, Google Glass — hali hamon juda yangi mahsulot hisoblanadi. Google Glassning barcha birliklari beta-test bosqichidadir. Keyingi o‘n yilliklar mobaynida Google foydalanuvchilar uchun ancha arzon versiyasini chiqarishni rejalashtirgan. Shuningdek, kompaniyaning raqobatchilari shunga o‘xshash ko‘zoynaklarni taqdim etishlarini taxmin qilish mumkin. Bularning barchasi birdan qurilmaydi, biroq barchasi bizga taqdim etiladi.
akt_4_11_2014_1
Aqlli ma’lumotlar
Hozirda kundan-kun hamma narsa va buyumlar avtomatlashtirilmoqda, biroq qo‘lda amalga oshiriladiganlari ham mavjud. Masalan, muloqotlar ro‘yxatiga yangi raqamlarni kiritish. Yaqin orada mazkur jarayonni amalga oshirishda ham o‘zgarish bo‘ladi. RelateIQ kabi bir qator kompaniyalar aynan shu masala ustida ishlamoqdalar va yaqinda muloqotlar ro‘yxati, pochta qitisi, xabarlar va boshqalar ham avtomatlashtiriladi. Shunday vaqtlar keladiki, telefonga so‘z aytilsa bo‘lgani, barchasi avtomatik holda amalga oshiriladi.
akt_4_11_2014_2
Olib yuriladigan elektronika
Google Glass va aqlli soatlar kabi yaqin vaqtlarda yana qator yangiliklar paydo bo‘lishi aniq. Aqlli ko‘zoynak va aqlli soatlar — bu bizni tashqi olam bilan bog‘lovchi ijtimoiy qurilmadir. Yana boshqa olib yurish mumkin bo‘lgan elektronikalar mavjud, ular tana bilan muvofiq ishlaydi. Masalan, yurak urishi chastotasini o‘lchagich naushniklar; kontakt linzalar, qonda qand miqdorini o‘lchagich qurilmalar; NFC texnologiyasi yordamida eshik ochadigan vaqtinchalik tatuirovkava ko‘plab boshqalar. Hozirda ular juda ommalashgan, biroq shunday qurilmalardan biri oldindan yurak huruji yuzaga kelishi haqida xabar berib, hayotimizni saqlab qolishi ham mumkin. Buning uchun implantatlarni qurish zarurati yo‘q.
akt_4_11_2014_3
Aqlli uy
Bular kundalik hayotimizga kirib kelish arasida. Hozirning o‘zida taom va yeguliklar tugayotgani haqida xabar beruvchi aqlli muzlatkichlar, smartfon orqali boshqarish mumkin bo‘lgan aqlli pechlar mavjud. Yaqin orada buyumlar butun uy bilan birgalikda amal qilib, oqibatda uyni smartfon, planshet yoki kompyuter yordamida nazorat qilinadi. Uydagi haroratni o‘zgartirish, boshqa kanalga olish, kir yuvish mashinasi ishini tugatganidan xabardor bo‘lish uchun hattoki, divandan turishning ham hojati yo‘q. Ha, dangasalik — taraqqiyotning eng yaxshi dvigatelidir. Siz uyga yetib kelmasdan turib, ovqat tayyorlash uchun oldindan buyruq berishingiz, uy bilan deyarli «gaplashish» mumkin.
akt_4_11_2014_4
Virtual o‘yinlar
O‘yin ishqibozlari Rift virtual garnitura chiqishini kutmoqdalar. Kompaniyani yaqinda Facebook sotib oldi, shu sababli ijtimoiy tarmoqda mazkur qurilmaning paydo bo‘lishini ko‘pchilik kutmoqda. Samsung o‘z garniturasini taqdim etdi, u ham smartfon va Oculus VR yordamida amal qiladi. Sony Morpheus loyihasi ustida ishlamoqda. Kunlardan birida mazkur garnituradan birini sotib olishingiz hamda biror tomoshadan bahramand bo‘lishingiz, o‘yin o‘ynashingiz yoki ko‘zlangan maqsadda fordalanishingiz mumkin. Virtual haqiqat deyarli yonginamizda.
akt_4_11_2014_5
Ekransiz displey
Ekransiz displey aynan siz o‘ylagan buyumdir. Mazkur displeyni displeysiz buyum deyish mumkin. Mazkur texnologiya keyingi yigirma yillik davr mobaynida yaratilgan, biroq hali yana ko‘p va uzoq yillar kutishga to‘g‘ri keladi. Bunday buyumlarga fantastika olamining bir qismi bo‘lgan gologrammalarni kiritish mumkin. Ehtimol, tasvirni aynan ko‘z to‘r pardasining o‘zida paydo etilishi ham mumkin. Bu ko‘ngilochish sohasida shunchaki yangilik bo‘lib qolmaydi, balki ko‘rishdan mahrum bo‘lgan insonlar uchun muhim imkoniyat bo‘lishi — ular lazer jarrohligini amalga oshirmay turib, ham ko‘rib, huzurlanishlari mumkin.
akt_4_11_2014_6
Neyrokompyuter interfeyslari
Ma’lum ma’noda mazkur interfeyslar hozirdayoq mavjud. Falaj bo‘lganlar ulardan kompyuterni boshqarishda uzoq yillar foydalanishlari mumkin. Texnologiya hozircha mukammal emas, biroq shunga harakat qilinmoqda. Balki kelajakda sichqoncha va klaviaturaning ham zarurati qolmas. Biror narsa haqida o‘ylasangiz bo‘lgani — u ekranda paydo bo‘ladi. Bu odamlar uchun, ayniqsa, nogironlar va sermahsul ish yuritishni xohlagan yoki shunchaki geymerlar uchun juda qulay bo ‘ladi.
Kundalik hayot xizmatlari
Aslida, bunday servislar allaqachon mavjud. Ehtimol, Uber haqida eshigandirsiz. Bu Uberga ega haydovchilar uchun taksi xizmati bo‘lishi mumkin. Xizmat turining ajoyibligi shundaki, u universal servis hisoblanadi. Vaqti kelib, taksini Uber yordamida chaqirish mumkin bo‘ladi. Bunday xizmatlar chegara bilmaydi va Internet vositasida amal qiladi. Qaysi tilda so‘zlashish va qaysi mamlakatda yashashning ham ahamiyati yo‘q, butun jahon bo‘ylab mazkur xizmatdan foydalanish mumkin.
Raqamli yuklamalar jismoniy obyektlarga zarar keltiradi
Tabiiy mahsulotlarning nusxalarini tarqatilishining yakunlanishiga oz qoldi. Steam yoki Origin turidagi ommaviy kompyuter o‘yinlari platformalari video‘yinlarni raqamli, disksiz yoki kartrijsiz bera boshladi. Flesh-xotiralar narxining (smartfondagi kabi) tushib ketishi va Internet ishlashining barqarorligi va tezligining oshishi bilan, video‘yinlar (va har qanday mediafayllar) faqat raqamli tarqatilishi ehtimoldan holi emas. Hech qanday DVD yoki Blu-ray disklar amal qilmaydi. Musiqa va filmlar ham asta-sekin iTunes platformasi kabilar orqali tarqatilmoqda. Yaqin orada diskda sotib olinadigan filmga shu yo‘l bilan bo‘lish mumkin ega. Biz esa eski texnologiyalarni saqlashga odatlanganimiz singari bu gaplarimiz haqiqatga aylanguniga qadar o‘n yilliklar o‘tar.
akt_4_11_2014_7
Robotlar har yerda xizmat qilishi mumkin
Keyingi o‘n yillikda robototexnika sohasida katta yutuqlarga erishildi, oldinda yanada ko‘prog‘i kutilmoqda. Hozircha to‘la intellektual robotlar haqida so‘z bormaydi, biroq barqaror va ishonchli robotlar biz bilan har yerda hamkorlik qila boshladi. Ular qismlarni yig‘ish konveyerlaridan tortib, kun sayin yanada odamlar uchun mushkul bo‘lgan amallarni ko‘proq bajarish orqali hayotimizga kirib bormoqda. Robotlar yaxshi jarroh va hisobchi va ko‘plab boshqa mutaxassislar o‘rnini egallashi va insonlarga xizmat qilishi mumkin.
akt_4_11_2014_8
Bioyonilg‘I va qayta yangilanadigan energiya
Ehtimol hozirgi zamon odamlari bir narsani bilsalar kerak. Biz Yer qaridan qazib olinadigan yonilg‘i — bu yagona energiya manbai deb o‘ylagan oxirgi avlod bo‘lsak ajabmas. Yaqin o‘n yilliklar mobaynida Quyosh va shamol energetikasi sohasida katta yutuqlarga erishiladi. Odamlar o‘simlik va suv osti o‘tlaridan ham yonilg‘i sifatida foydalanishga oid ilmiy izlanishni amalga oshirmoqdalar. Insoniyatning avvalgidek, neft va ko‘mirga bog‘liqligi asta-sekin so‘nib bormoqda.Yaqin o‘n yilliklarda elektromobillar, uylardagi quyosh panellari sohasiga katta yutuqlarga erishiladi. Neft kom-paniyalarining rahbariyati bundan norozi bo‘lishi mumkin.
Mobil 5G ma’lumotlar uzatish dasturi
Ha, bugungi kunda jahonda faqat 4G tarmog‘i faol, ko‘proq AQSHda rivojlanmoqda — qolgan mamlakatlarda 3G amal qiladi. 5G esa rivojlanish bosqichida bo‘lib, yaqin orada faol foydalanish fazaziga kirmoqda (texnologiya bir joyda turmaydi, axir). Faqatgina 10 yil mobaynida 3G’dan 4G’ga o‘tildi. 4G’dan 5G’ga o‘tishga ko‘p vaqt talab etilmasa kerak.
akt_4_11_2014_9
Sun’iy intellekt
Ehtimol hayotimizda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan buyumlar haqida filmlar tomosha qilgandirsiz. Ha, albatta. Hozirda mashhur IBM laboratoriyalarida ishlab chiqilgan Watson qanday ishlashini ko‘r-ganingizda edi, sunda sun’iy intellekt sohasida qanday yutuqlarga erishilgani haqida bilgan bo‘lardingiz — aslida, bu boradagi ishlar boshlang‘ich bosqichda xolos. Oldinda uzoq bosib o‘tilishi kerak bo‘lgan yo‘l mavjud, biroq kontekstual texnologiyalar evaziga (Siri, Google Now yoki Cortana kabi), bunday dasturlarni yanada yaxshiroq tuzishni o‘rganmoqdamiz. Robotlar inson harakatlarini oldindan xabar qilishi va ularga to‘g‘ri ta’sirlana oladi. Ko‘p vaqtlar o‘tib, fikrlay oladigan, hech bo‘lmaganda shunday qiyofali robot yaratilishi mumkin.
akt_4_11_2014_10
Grafen
2004-yilda grafenning dastlabki plastinkasi yaratilgandi. Shu yillar mobaynida olimlar qanday qilib, grafendan ommaviy materiallar ishlab chiqarish mumkinligi ustida ishladilar. Numa uchun? Shuning uchunki, mazkur material-mo‘jizadir. U bizga Internet tezligini oshiradi. U po‘latdan 100 marta mustahkam, undan hamma narsa qurish mumkin. Undan suv uchun filtr va ummonlarni ham chiqindilardan tozalash mumkin. Ulardan xavfsizlik uchun smartfonlarda foydalanish mumkin. Bata-reyalari yanada yaxshilanadi. To‘g‘risini aytsak, yil oxiriga qadar foydali grafenlarning qo‘llanish muddatlari ma’lum emas. Bu sanoat sohasida ikkinchi inqilob hisoblanishi mumkin.
Yaqindagina ilmiy fantastika sohasi ro‘yxatida bo‘lgan buyumlar haqiqiy olamda namoyon bo‘lmoqda. Insoniyat shunchalik ilgarilab taraqqiy etib borayotganligi biroz dilimizni cho‘chitadi, biroq yana o‘n yillardan so‘ng bu atrofimizdagi buyumlar kabi oddiy haqiqatga aylanishi mumkin.
 
Manba: infocom.uz

0 изоҳ

Рўйхатдан ўтганлар ва тасдиқланганларгина изоҳ қолдиришлари мумкин.